• Tarif tizimi – tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat
  • Tarif-malaka ma’lumotnomalari
  • Tarif setkasida
  • Ishbay-progressiv haq to’lash tizimida




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet259/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Ishbay-progressiv haq to’lash tizimida
    ishchining belgilab qo’yilgan me’yor 
    doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha 
    ish haqi beriladi, me’yordan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha pul 
    to’lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida 
    qo’llaniladigan mehnatga haq to’lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot 
    uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to’lanadi. Haq 
    to’lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo’linmaning pirovard 
    mehnat natijalariga bog’liq qilib qo’yiladi. Bunda har bir xodim faqat o’ziga berilgan 
    shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo’linmaning butun ish hajmini 
    ham bajarishdan manfaatdor bo’ladi. 
    Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida 
    amalga oshiriladi. 
    Tarif tizimi
    – tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular 
    ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat 
    sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tartibga solib 
    turuvchi me’yorlar majmui.
    Tarif tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
    - tarif-malaka ma’lumotnomalari; 
    - tarif stavkalari; 
    - tarif setkalari;
    - ish haqiga nisbatan qo’llaniluvchi turli koeffitsientlar. 
    Tarif-malaka ma’lumotnomalari
    ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil 
    tavsifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan 
    talablardan iborat bo’lib, ularda muayyan ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar 
    ham ko’rsatiladi.
    Tarif setkasida
    razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo’lib, ular 
    birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq 
    to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma 
    vaqt birga teng bo’ladi). 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish