|
ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi ishga yollash bo’yicha munosabatni namoyon Pdf ko'rish
|
bet | 261/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi ishga yollash bo’yicha munosabatni namoyon
etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy hujjat.
Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi
stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va
tanaffuslar, pensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning
o’zgarishini hisobga olib iste’molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlarni
o’z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator
tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch yilga)
tuziladi.
Ayrim hollarda davlat ham korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarga, masalan, ish tashlash masalalariga tegishli munosabatlarga ta’sir
ko’rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da mustahkamlangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquq va
erkinliklar jumlasiga kiradi.
Ko’pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala
ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish
haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni
hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo’ladi.
Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar o’zlarining ishchi kuchini kasaba
uyushmalari orqali jamoa bo’lib «sotadilar». Kasaba uyushmalari nisbatan ko’p sonli
ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi
ish haqini oshirishdan iborat bo’ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo’llar
bilan erishishi mumkin.
1.
Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirish.
Kasaba uyushmalar nuqtai
nazaridan ish haqini oshirishning eng qulay usuli ishchi kuchiga bo’lgan talabni
kengaytirish hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talabning ortishi natijasida ish haqi
stavkasi ham, ishchi o’rinlari soni ham ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni
belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o’zgartirish yo’li bilan ishchi kuchiga bo’lgan
talabni ko’paytirish mumkin. Xususan, ular quyidagilarga erishishga harakat qiladi: 1)
ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan xizmatga talabni oshirish; 2)
mehnat unumdorligini oshirish va 3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan
boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o’zgartirish.
|
| |