Yopiq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirish uchun ishchi
kuchi taklifini qisqartirishga harakat qiladilar. Bu ko’proq ma’lum kasb egalari,
masalan, duradgorlar, g’isht teruvchilar, elektr payvandchilar kabilarni o’ziga
birlashtiruvchi sex kasaba uyushmalari tarzida tashkil etiladi. sex kasaba uyushmalari
ish beruvchilarni faqat mazkur kasaba uyushmasiga a’zo bo’lgan ishchilarni yollashga
majbur etib, shu orqali ishchi kuchi taklifi ustidan nazorat o’rnatadilar. Zarur holda
kasaba uyushmasiga a’zolikni qisqartirish orqali ishchi kuchi taklifini sun’iy yo’l bilan
qisqartiradilar. Bunda ular quyidagi yo’llardan foydalanishlari mumkin:
- o’qitish, kasbga tayyorlash muddatini cho’zish;
- kasaba uyushmasiga a’zo bo’lish badallarini oshirish;
- yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki umuman taqiqlash va boshqalar.
Bu tadbirlar asosida ishchi kuchi taklifini qisqartirish hamda ish haqi darajasini
oshirish jarayonini quyidagi chizma orqali ko’rish mumkin (12.1-chizma).
Chizmadan ko’rinadiki, kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini S
1
S
1
dan S
2
S
2
ga qadar qisqartirish orqali ish haqi darajasini W
1
dan W
2
ga qadar oshirishga
erishadilar. Biroq, ishchi kuchi taklifining pasayishi yollangan ishchilar sonining Q
1
dan Q
2
ga qadar qisqarishiga olib keladi.
Aksariyat kasaba uyushmalari o’z a’zolari sonini cheklashga harakat qilmaydilar.
Aksincha, ular barcha mavjud yoki keyinchalik yollanuvchi ishchilarni birlashtirishga
harakat
qiladilar. Bu
ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmalari uchun xos
253
bo’lib, tarmoqdagi barcha ishchilarni, ularning malakasidan qat’iy nazar, o’z saflariga
a’zo bo’lishiga intiladilar. Bu o’rinda, agar kasaba uyushmasi a’zolari faqat malakali
mutaxassislardan tarkib topsa, uni yopiq tarzda tashkil etish ham mumkin bo’ladi.