|
1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007
|
bet | 1/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari
O'ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari kafedrasi
TELEKOMMUNIKATSIYA UZATISH TIZIMLARI
1-qism
(o'quv qo'llanma)
Toshkent-2007
Mualliflar: R. N. Radjapova, R.K. Atame tov, G.D. Axmedova Teruvchilar: J.B. Xorunov, N.M. Gulyamov
Masul muharrir: t.f.n., dotsent R.I. Isaev
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari. TATU. Toshkent 2007, 87 -bet
Ushbu o'quv qo'llanma, telekommunikatsiya uzatish tizimlari yo'nalishi bo'yicha ta'lim oluvchi oliy o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va aloqa sohasi xodimlari uchun mo'ljallangan. o'quv qo'llanmada analog va raqamli uzatish tizimlarining tuzilish prinsiplari, ularda signallarni uzatish usullari, aloqa tarmoqlarini tuzishda qo'llaniladigan telekommunikatsiya uzatish tizimlari haqida tushunchalar berilgan.
SO'Z BOSHI
Ushbu o'quv qo'llanma, «Telekommunikatsiya uzatish tizimlari» dasturi bo'yicha yozilgan bo'lib, 5522200 yo'nalishi bo'yicha ta'lim oluvchi talabalarga mo'ljallangan.
O'quv qo'llanma, kanallari chastota bo'yicha ajratilgan va kanallari vaqt bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlariga tegishli bo'lgan keng ko'lamdagi savollarni o'z ichiga olgan. Birinchi navbatda bu savollar analog va raqamli tizimlarning tuzilishi, shakllanish usullari, ularning acosiy xarakteristika va parametrlarini, ko'p kanalli signallarni uzatish, ko'p kanalli uzatish tizimlari apparaturalarining acosiy funksiyalarini bajaruvchi tugunlarini qo'llashga tegishlidir.
Hozirgi paytda aloqa qurilmalari, ishlab chiqarish jarayonlarining ajralmas qismi bo'lib qolgan. Zamonaviy aloqa tizimlari uzatiladigan axborotlarni nafaqat zudlik bilan qayta ishlashni, balki bu funksiyalarni bajarishda anchagina iqtisodiy usullarini ta'minlashni va signalni sifatli darajada uzatishni ham kafolatlashi lozim. Buning uchun signallar qaysi usulda uzatilishi, ularning xarakteristika va parametrlari me'yori juda katta ahamiyatga ega.
|
| |