Kanal signallarini vaqt bo'yicha ajratish prinsipi




Download 223,88 Kb.
bet9/40
Sana13.05.2024
Hajmi223,88 Kb.
#228040
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

Kanal signallarini vaqt bo'yicha ajratish prinsipi

Kanallari vaqt bo'yicha ajratilgan usulda zanjir bo'yicha juda qisqa impulslarning davriy ketma-ketligi uzatiladi. Impulslarning amplitudasi kanal signallarining oniy qiymatlariga teng. Birinchi kanalning impulsidan keyin, ikkinchi, uchinchi va oxirgi kanalning impulsi beriladi, undan keyin sikl yana takrorlanadi. Agar kanal bo'yicha ipmulslar ketma-ketligi berilsa, birorta kanalning ikkita qo'shni impulslari orasida boshqa kanal impulslarini uzatish mumkin. Kanal


bo'ylab uzluksiz analog signallarni uzatish uchun (masalan gaplashadigan) uni vaqt bo'yicha diskretizatsiyalash lozim. Diskretizatsiyalash natijasida uzluksiz signallar vaqt bo'yicha ajratilgan har xil amplitudali ipmulslar (AIM) ketma-ket- ligiga o'zgaradi. Uzatish liniyasiga avval birinchi kanalning impulsi (uzluksiz signalning otscheti), undan keyin ikkinchi kanalning va N kanalning impulslari jo'natiladi. Undan keyin yana birinchi kanalning vaqt bo'yicha ajratilgan ikkinchi qismi (impulsi) jo'natiladi va jarayon davriy holatda takrorlanadi. Kanallari vaqt bo'yicha ajratilgan ko'p kanalli uzatish tizim (KVBB KKUT)larining soddalashtirilgan tuzilish sxemasi 2.3-rasmda ko'rsatilgan.

  1. rasm. Kanallari vaqt bo'yicha ajratilgan ko'p kanalli uzatish tizimlarining


    soddalashtirilgan tuzilish sxemasi

Har bir kanalning past chastotali filtri bilan chegaralan- gan boshlanjich uzluksiz signallar, shu signallarni diskretiza- tsiyalashni amalga oshiruvchi kalit (K1,...KN)larga tushadi.


Uzatuvchi qismdagi generator qurilma (GQuzat)si ishlab chiqargan davriy impulslar ketma-ketligi kalitning ishini boshqaradi. Bu impulslarning ta'qib chastotasi, diskretizatsiya- layalash chastotasiga teng, ya'ni Kotelnikov teoremasiga binoan uzluksiz signalning eng yuqori chastota spektrining ikki marta oshirilgan qiymatlaridan kam bo'lmasligi lozim. U quyidagicha aniqlanadi: /g>2^Fmax diskretizatsiyalash davri esa Tg=1//g ga teng.
Turli kanallarning elektron kalitlarini boshqaruvchi impulslar ketma-ketligi (GQuzat dan tushuvchi) teng vaqtli oraliqlarda bir-biridan surilgan holatda joylashadi. Ularning qiymati kanal impulslarining diskretizatsiyalash davri (Tg) va tizimdagi kanallar soni bilan aniqlanadi. Kalit berkilgan laizada kanal signali (otscheti)ning oniy qiymatlari liniyaga uzatiladi.

  1. rasm. KVBA uzatish tizimining kanal signallarini va guruxli AIM


    signallarbni shakllanishining vaqt bo'yicha diagrammasi

Kanal signallarining impuls ketma-ketliklaridan guruhli AIM signal hosil bo'ladi. Qabul qiluvchi oxirgi stantsiyada kanal signallarini ajratish (K1'...KN') kalitlarda amalga oshadi.


Qabul qiluvchi qismdagi generator qurilma (GQqab.qil.)si ishlab chiqaradigan impulslar ketma-ketligi kalitlarning ishini boshqaradi. Uzatilgan signal qabul qiluvchi stantsiyadagi sinxron va sinfaz ishlovchi mos keluvchi elektron kalitlarga tushadi. Kalitlar bir vaqtda ishlashi uchun, uzatuvchi oxirgi stantsiyadan qabul
qiluvchi stantsiyaga, ikkita stantsiyani vaqt bo'yicha mos holda ishlashini ta'minlovchi maxsus sinxronizatsiya signali (SS) beriladi..
Amplitudaviy modulyatsiyalangan impulslar (shu signalning otschetlari) ketma-ketligidan (uzluksiz) boshlanjich signallarni qayta tiklash past chastotali filtrlarda amalga oshadi. 2.4-rasmda kanallari vaqt bo'yicha ajratilgan (KVBA) uzatish tizimining kanal signallarini va guruhli AIM signallarning shakllanishini vaqt bo'yicha diagrammasi ko'rsatilgan.
Shuni aytish joizki, KVBA uzatish tizimlarining kanallari orasida, uzatish liniyasining o'tkazuvchanlik oralig'ini chegaralanishi tufayli o'zaro o'tuvchi halaqit (shovqin)lar yuzaga kelishi mumkin. Ularni kamaytirish uchun kanal impulslari orasiga vaqt bo'yicha himoya oralig'i Thim kiritiladi. KVBA uzatish tizimlarining va AIMning shovqin bardoshligi juda past, shuning uchun AIM odatda shu tizimlarning birinchi pog'ona o'zgartirishida qo'llaniladi, keyingi pog'onalarda esa shovqinga ancha bardoshli bo'lgan modulyatsiya turlari IKM yoki FIM qo' llaniladi.



  1. Download 223,88 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Download 223,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kanal signallarini vaqt bo'yicha ajratish prinsipi

Download 223,88 Kb.