Aloqa tarmoqlarining tuzilish printsiplari




Download 223,88 Kb.
bet5/40
Sana13.05.2024
Hajmi223,88 Kb.
#228040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

Aloqa tarmoqlarining tuzilish printsiplari

Qishloq xo'jaligi va xalqning turli sohalaridagi talablarini qondirish uchun mamlakatning istalgan punktlari orasida har xil xabarlarni uzatish maqsadida yagona avtomatlashtirilgan, o'zaro bog'langan aloqa tarmoqlari tashkil qilinadi. Bu tarmoq, simli, radioreleli, fazoviy va boshqa uzatish aloqa liniyalari bo'yicha barcha elektrik aloqa vositalarini texnik jihatdan tashkil qiladi va birlashtiradi.


Aloqa tarmoqlardagi barcha ulanishlar, tarmoq holatining nazorati, axborotlarni uzatish uchun yo'l tanlash va tarmoqni boshqarish bo'yicha barcha operatsiyalar avtomatlashtirilgan bo'lishi lozim. Kanal va traktlarning parametrlariga bo'lgan yagona, mustaxkam me'yorlar aloqani yuqori sifatliligini va chidamliligini ta'minlaydi, bundan tashqari, shaharlararo aloqa tarmoqlariga chiqish imkonini beradi. Shunday qilib, o'zaro bog'langan aloqa tarmoqlari acosiy uzatish kanallari va acosiy guruhli traktlarning birlamchi tarmoqlarini tashkil qiluvchi texnik qurilmalarning murakkab majmuasidan iborat.
Birlamchi tarmoq, tarmoq tugunlari, tarmoq stantsiyalari va ko'p kanalli uzatish tizimlarining apparaturalari, kanal va traktlarning tarmoqlarini tashkil qiluvchi uzatish liniyasining yig'indisidan iborat. Birlamchi tarmoq butun mamlakat xududini o'z ichiga oladi va magistral, regional, mahalliy birlamchi tarmoqlarni birlashtirgan holda uchta sathli tuzilishga ega.
Magistral birlamchi tarmoqlar mamlakatning butun xududida joylashadi va har xil regional birlamchi tarmoqlarning acosiy kanal va guruhli traktlarini yagona avtomatik kommutatsiyalovchi tarmoqlarida o'zaro ulaydi. Turli ichki regional birlamchi tarmoqlar biror region xududida joylashadi. Region xududi ma'muriy viloyat yoki respublika chegaralari bilan mos tushadi. Har bir ichki regional birlamchi tarmoq, shu regionning turli mahaliy tarmoqlarini acosiy kanal va guruhli traktlarini bir-biri bilan o'zaro ulanishini ta'minlaydi. Turli mahalliy birlamchi tarmoqlar shahar yoki qishloq territoriyasida tashkil qilinadi va shunga mos holda shahar yoki qishloq telefon tarmoji deyiladi. Mintaqaviy raqamlarga mos keluvchi territoriyadagi ichki regional va mahalliy birlamchi tarmoqlarning yig'indisi regional birlamchi tarmoqlarni hosil qiladi.
Tugun tarmoqlari odatda bir necha uzatish liniyalari kesishgan joyda o'rnatiladi, shuning uchun ular orqali birlamchi tarmoqlarni boshqarish jarayonida har xil uzatish liniyalariga tegishli bo'lgan uzatish kanallari va traktlarining ulanishini va tranzitlarni amalga oshirish mumkin.
Birlamchi tarmoqlar tuzilishiga mos holda: magistralning barcha tarmoq tugunlari birinchi sinfli tugunlar, regionning barcha tarmoq tugunlari ikkinchi sinfli tugunlar, barcha mahalliy tarmoq tugunlari uchinchi sinfli tugunlar kabi belgilanadi.
Tarmoq stantsiyalarining tarmoq tugunlaridan farqi mos keluvchi birlamchi tarmoqlarning oxirgi nuqtalari ekanligidir. Birlamchi tarmoqning kanal va guruhli traktlari acosida ikkilamchi tarmoqlar tashkil qilinadi. Ularning har birini kommutatsiyalash stantsiyalari, kommutatsiyalash tugunlari, abonentning oxirgi qurilmalari va ikkilamchi tarmoq kanallarining yig'indisi deb faraz qilish mumkin. Ikkilamchi tarmoqlar aloqaning turiga bog'liq holda telefon, telegraf, ma'lumotlarni uzatish tarmoji, ovozli eshshittirish va televizion tarmoqlar deb nom olgan. Ikkilamchi tarmoqlar acosida umumdavlat aloqa tizimlari tashkil qilinadi (masalan, umumdavlat telefon aloqa tizimlari). Ikkilamchi tarmoqlarning aloqa kanallari xabar turiga bog'liq hamda liniyaga bog'liq holda ularga telefon aloqa kanali, telegraf aloqa kanali, ma'lumotlarni uzatish kanali degan nom beriladi. Bundan tashqari ikkilamchi tarmoq turiga bog'liq holda (kanal qaysi biriga tegishli bo'lsa) shaharlararo, regional yoki mahalliy deb ataladi.
Ikkilamchi tugun va stantsiyalar birgalikda, birlamchi tarmoqlarning mos keluvchi tugun va stantsiyalarida joylashadi.



    1. Download 223,88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Download 223,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aloqa tarmoqlarining tuzilish printsiplari

Download 223,88 Kb.