Signallarning haqiqiy va nisbiy uzatish sathlari haqidagi tushuncha sath diagrammasi (SD)ni beradi. Sath diagrammasi deb, uzatish sathlarining aloqa kanali yoki trakti bo'ylab tarqalishiga aytiladi. Sath diagrammasi ichki va tashqi bo'lishi mumkin. Agar sathlar kanal bo'ylab tarqalsa ichki SD, agar magistral bo'ylab tarqalsa tashqi SD deyiladi. Sath diagrammasini quyidagicha faraz qilish mumkin:
Bu yerda: 1-kanalning kirishi; 2-kanalning chiqishi. Rsh.s.-shovqin sathi.
Nazorat savollari
Qanday uzatish sathlarini bilasiz?
Signalning haqiqiy sathi deganda nimani tushunasiz?
Signalning nisbiy sathi deganda nimani tushunasiz?
Signalning qanday parametrlarini bilasiz?
Kanal xususiyatlarini xarakterlovchi signalning qanday parametrlarini bilasiz?
Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan printsipda kanal signallarini uzatish qanday amalga oshadi?
Kanallari vaqt bo'yicha ajratilgan printsipdan kanal signallarini uzatish qanday amalga oshadi?
Diskretizatsiyalash jarayoni qanday amalga oshadi?
Kotelnikov teoremasining ma'nosi nimadan iborat?
Qoldiq so'nish deganda nimani tushunasiz?
TCh kanalning AChX si qanday me'yorga solinadi?
TCh kanalning AX si qanday me'yorga solinadi?
Qoldiq so'nishning me'yordan og'ishi, signalning sifatiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Ikki tomonlama telefon kanallari qanday tashkil qilinadi?
Sath diagrammasi deganda nimani tushunasiz?
DQ larning vazifasi va turlari haqida gapirib bering.