|
KIRISH
Hurmatli talaba!
|
bet | 2/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.orgKIRISH
Hurmatli talaba!
O'zbekistonning mustaqillik yillari davomida jamiyatimiz hayotida juda ko'p o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bugungi kunda iqtisodiyot, telekommunikatsiya sohasida, axborot tarmoqlari oldida turgan vazifalar va maqsadlar tubdan o'zgardi.
O'zbekistonda makro iqtisodiyot va moliyaviy barqarorlik o'rnatildi, iqtisodiyotning samarador etakchisi sifatida olingan telekommunikatsiya sohasida takomillashtirish va texnik jihatdan qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jahon axborot-telekommunikatsiya maydonida integratsiyalash ishlari amalga oshirilyapti.
Respublikada global axborot tizimlari va texnologiyalarining keng qamrovli milliy axborot tizimiga kirishni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan, bu esa o'z navbatida XXI asrda mamlakatning o'sishida hal qiluvchi vazifa hisoblanadi.
Ma'lumot uzatish milliy tarmog'ining rivojlanishi davom etmoqda. Umumiy foydalanishga mo'ljallangan telefon tarmog'ini takomillashtirish va qayta ta'minlash ishlari amalga oshirilyapti, shuningdek axborot resurslari shakllantirilmoqda, elektron xujjatlardan foydalanish, elektron tijorat, masofadan ma'lumotlarni boshqarish, multimediya, telekonferentsiya, IP - telefonlashtirish kabi xizmatlarni o'z ichiga olgan zamonaviy va istiqbolli telekommunikatsiya hizmatlari doirasi kengaymoqda.
O'zbekiston Respublikasining ko'plab xalq xo'jaligi sohalarida yoppasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yo'lga qo'yish ishlari amalga oshirilmoqda. Ko'plab xorijiy vakolatxonalar, qo'shma korxonalar va firmalarning ochilishi mustaqil davlatimizning telekommunikatsiya sohasini zudlik bilan rivojlanishining yaqqol dalilidir. Telekommunikatsiyani bundan ham rivojlantirish, tez sur'atda ish olib borish sharoitlarini yaxshilash uchun sifatli texnologiyalarni qo'llash, zamonaviy telekommunikatsiya vositalariga acoslangan aloqa tarmog'ini yaratish va unda jahon andozalari darajasidagi sifatli xizmatlarga ega bo'lish uchun Respublikamizda barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalarning yutuqlari jamiyatni kompyuterlashtirish hisobiga, hozirgi kunda xayotimizning barcha sohalarida o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Bugungi kunda global kompyuter tarmog'i ko'plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan aloqa sohasida ishlovchi barcha mutaxassislarga ma'lumki oxirgi paytda axborotlarni uzatish hajmining oshishi, mavjud bo'lgan imkoniyatli kanallarning o'zatuvchanlik qobiliyatini etishmasligiga olib kelmoqda. Bu acosan internet, video, videokonferentsiya, elektron pochta va boshqa xizmatlarni paydo bo'lishi bilan bog'liq. Korporativ tarmoqlarda bu muammolarni yuqori chastotali uzatish kanallarini arendaga berish yo'li bilan hal qilish mumkin, lekin honadon sektorida va kichik biznes sektorida bu muammolarni hal qilish qiyinlashadi. Bunday muammolarni hal qilishda xozirgi paytda nafaqat global telekommunikatsiya tarmoqlarida, balki abonent liniyalarida ham yangi texnologiyalarni qo'llash yo'lga qo'yilmoqda.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda ushbu o'quv qo'llanmada, aloqa tarmoqlarida qo'llaniladigan analog va raqamli telekommunikatsiya uzatish tizimlari haqida tushunchalar berilgan.
Telekommunikatsiya sohasining rivojlanishini nazarda tutgan holda o'quv qo'llanmaning keyingi qismlarida zamonaviy texnologiyalar va ulardan texnik foydalanish haqidagi ma'lumotlar yoritiladi.
|
| |