|
1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007
|
bet | 4/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.orgSimli uzatish liniyasi deb, elektromagnit signallarni uzluksiz yo'naltiruvchi muiit bo'ylab tarqalishni ta'minlovchi liniyaga aytiladi. Simli uzatish liniyasiga havo aloqa liniyalari, kabelli liniyalar (elektrik signallarni yoki yorujlikni o'tkazuvchi), to'lqin o'tkazgichlar va shunga o'xshaganlar kiradi.
Radioliniyalarda xabarlar ochiq muiitda, radioto'lqinlar orqali uzatiladi. Yerdagi radiorele liniyalarida detsimetrli va qisqa to'lqinlar qo'llaniladi, signallarni retranslyatsiya qilish esa yerdagi qabul qilib uzatuvchi stantsiyalar orqali amalga oshadi. Fazoviy aloqa tizimlarida retranslyatsiyalash stantsiyalari sun'iy yer yo'ldoshlarida joylashtiriladi.
Telekommunikatsiya tizimlarining eng katta va eng qimmat (mis simlaridan iborat bo'lgan) qismini uzatish liniyalari tashkil qiladi. Simli liniyalarni, bitta elektrik signalni uzatish uchun mo'ljallangan simlar yig'indisi deb faraz qilinuvchi aloqa zanjiri deb tasavvur qilish mumkin. Agar radio liniyalar qo'llanilsa xuddi shunga o'xshab stvol tushunchasidan foydalaniladi.
N-kanalli aloqa tizimi deb, N manbadan N talabgorga bitta aloqa zanjiri orqali bir vaqtda bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda xabarlarni uzatishni ta'minlovchi texnik qurilmalar yig'indisiga aytiladi. Bunday holda N kanalli aloqa tizimining uzatgichiga N xabar manbasidan birlamchi signallar tushadi. Bu signallar maxsus qayta ishlanadi va aloqa zanjirining kirishiga tushuvchi umumiy guruhli signalga birlashtiriladi. Tizimning qabul qiluvchi qismida guruhli signallardan, berilgan axborotga mos va N talabgorga beriluvchi aloiida kanallarning shaxsiy signallari ajratib olinadi. Bunday uzatish tizimlari ko'p kanalli deb ataladi.
Signallar aloqa liniyasi orqali o'tganda o'zining energiyasini yo'qotadi (so'nadi), texnik qurilmalar takomillashmaganligi tufayli buziladi (xarakteristikalar noidealligi tufayli), bundan tashqari unga yana shovqin (xalaqitlar) ta'sir qiladi. Buning uchun uzatish tizimi signallarni shunday ajratishi kerakki, buzilish va shovqinlar bo'lishidan qat'iy nazar xabar belgilangan aniqlikda qayta tiklansin. Uzatish tizimi (UT) uzatiladigan axborotlarni yuqori sifatli darajada uzatishdan tashqari uzoq masofalarga aloqani tashkil qilganda ularning chidamliligini ham ta'minlashi lozim. Ko'p kanalli aloqa texnikasini acosiy vazifalaridan biri yuqori iqtisodiy samaradorlikka, (masalan: 1 km aloqa kanalidan foydalanish va tashkil qilishni narxini baholash orqali) erishishdan iborat. Shunday qilib, ko'p kanalli aloqa texnikasining rivojlanishi, talab qilingan kanallar soni, sifati, chidamliligi, samaradorligi va aloqa masofasini ta'minlovchi uzatish tizimlarining yaratilishiga olib keladi.
|
| |