|
TELEKOMMUNIKATSIYA UZATISH TIZIMLARINING TUZILISH
ACOSLARI
|
bet | 3/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.orgTELEKOMMUNIKATSIYA UZATISH TIZIMLARINING TUZILISH
ACOSLARI
Acosiy ta ' rif va tushunchalar
Aloqa, bu axborot uzatuvchi manbadan qabul qiluvchi manbagacha bo'lgan jarayondir. Axborot (xabar), ma'lumotlar to'plami (yig'indisi)dan iborat. Muhitdagi haqiqiy o'zgarishda uzatiladigan axborotlarning aks etishi signal deb ataladi yoki signalni soddagina qilib axborot (xabar) tashuvchi to'lqin deyish mumkin. Turli signallarni uzatish uchun, xabarlarni aks etdiruvchi elektromagnit tebranish (elektr signal)lar qo'llaniladi.
Elektrik signallar fizik tabiatdagi signallardan bir qancha afzalliklari bilan farq qiladi, masalan ularni juda uzoq masofalarga uzatish, oddiy texnik qurilmalar yordamida o'zgartirish mumkin. Ularni tarqalish tezligi yorug'lik tezligiga yaqin. Elektrik signallar yordamida xabarlarni uzatishga elektr aloqa deyiladi. Uzatiladigan xabarlarga bog'liq holda har xil elektr aloqa turlari mavjud, masalan: telefon, telegraf, ma'lumotlarni uzatish va hakozolar. Elektr aloqa signallarini uzatishni ta'minlovchi texnik qurilmalar majmuasiga elektr aloqa tizimlari deyiladi. Uzatuvchi punktlardagi bunday tizimlarda axborot manbalaridan hosil bo'lgan signallar, elektrik signallarga o'zgartiriladi, qabul qiluvchi punktda esa talabgorlar qabul qila oladigan elektrik signallarga o'zgartiriladi.
Uzatuvchi qismdagi elektrik signallarni shakllantiruvchi qurilma uzatuvchi qismdagi birlamchi o'zgartirgich deyiladi, uning chiqishidagi signalga esa birlamchi signal deyiladi. Xuddi shunga mos holda qabul qiluvchi qurilmaga qabul qiluvchi qismdagi birlamchi o'zgartirgich deyiladi. Masalan, ovozli uzatishda birlamchi o'zgartirgich-mikrofon, qabul qiluvchi qismda esa birlamchi o'zgartirgich-telefon hisoblanadi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi qismdagi birlamchi o'zgartirgichlar oxirgi apparaturalar yoki oxirgi qurilmalar deb ham ataladi.
Uzatish kanali deb, belgilangan chastota oblastida quvvat yoki belgilangan tezlik bilan chegaralangan, elektromagnit signallarni uzatishni ta'minlovchi tarqaluvchi muhit va texnik qurilmalar yig'indisiga aytiladi.
Uzatish tizimi deb, uzatuvchi kanalning shakllanishini ta'minlovchi texnik qurilmalar yig'indisiga aytiladi. Uzatish tizimining tarkibiga signallarni o'zgartirish va kuchaytirishni amalga oshiruvchi apparaturalardan tashqari elektr ta'minoti qurilmasi, teleboshqaruv va telesignalizatsiya, bundan tashqari uzatuvchi muhit (uzatish liniyasi) ham kiradi. Uzatish liniyasi simli yoki radioliniyali bo'lishi mumkin.
|
| |