Nazorat savollari
Aloqa, axborot deganda nimani tushunasiz?
Uzatish kanali va uzatish tizimi deb nimaga aytiladi?
Uzatish muiiti sifatida qanday liniyalardan foydalaniladi?
Aloqa tarmoqlari qanday tuziladi?
Birlamchi aloqa tarmoqlari qanday tuziladi?
Ikkilamchi aloqa tarmoqlari qanday tuziladi?
Qanday uzatish satxlarini bilasiz?
Agar o'lchanayotgan x nuqtada signalning quvvat, kuchlanish va tok bo'yicha haqiqiy uzatish sathlari ma'lum bo'lsa unda shu nuqtadagi quvvat, kuchlanish va tok qanday aniqlanadi?
Signalning dinamik diapozoni deganda nimani tushinasiz va u qanday aniqlanadi?
Signal xarakteristikalari va kanal xususiyatlari orasida qanday bog'lanish bor?
KANAL SIGNALLARINI AJRATISH PRINSIPLARI
Kanal signallarini chastota bo'yicha ajratish prinsipi
Ko'p kanalli uzatish tizimlarini tuzishda chastotaviy va vaqt bo'yicha ajratish usullaridan foydalaniladi. Chastota bo'yicha ajratish usulida uzatish liniyasidagi har bir kanal uchun ma'lum bir chastota spektri ajratiladi. Shuning uchun uzatuvchi oxirgi stantsiyada boshlanjich signalning chastota oraliqlarini shu yoki boshqa kanalni uzatish uchun ajratilgan oraliq chastotalarga joylashtirish amplitudaviy, chastotaviy yoki fazaviy modulyatsiya yordamida amalga oshiriladi. Bunda tashuvchi chastotalar shunday tanlanishi kerakki, kanal signallarining spektr chastotalari bir-biriga ustma-ust tushmasin. Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan ko'p kanalli uzatish tizimlarining soddalashtirilgan tuzilish sxemasi 2.1-rasmda ko'rsatilgan.
rasm. Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan ko'p kanalli uzatish
tizimlarining tuzilish sxemasi
Ko'p kanalli uzatish tizimlarining kanallari acosan bir xil turdagi (masalan telefon) signallarni (chastota oraliqlari bir xil bo'lgan) uzatish uchun mo'ljallangan. Shuning uchun ham 2.1-rasmda boshlanjich signallarning oraliq chastotalari (Fmin_Fmax) bir xil deb qabul qilingan. Kanalga tushuvchi boshlanjich signallar, M1..., MN modulyatorlar orqali, fT1..fTN tashuvchi chastotalar yordamida modulyatsiyalanadi. Kanal signallarini shakllantirish OF1...OFN oraliq filtrlari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari modulyatsiyalash natijasida hosil bo'lgan, uzatishda qo'llanilmaydigan keraksiz maisulotlarni pasaytirishda filtrdan foydalaniladi.
Filtr orqali ajratilgan kanal signallari f1... f2, f3... f4, fL... fN chastota
oralig'ini egallaydi. Bu oraliq chastotalar bir-biriga ustma-ust tushmasligi lozim (2.2-rasm).
N
Fmin Fmax
Afchegara=fN f1
rasm. Kanal signallarining shakllanishi
Kanal signallari birlashgandan keyin oraliq chastotasi l'|...lNga teng bo'lgan guruhli signal shakllanadi. Kanal signallarining oraliq chastotalarini kengligi (Af) boshlanjich signalning oraliq chastotasini kengligidan farq qilishi mumkin (Af > AF). Umuman, Al = AF bo'lishi uchun (bunday holatda berilgan N kanallar soni uchun guruhli signalning spektr kengligi kichkina), uzatish tizimlarining samaradorligini oshirish lozim. Qabul qiluvchi oxirgi stantsiyada, guruhli signallar tarkibidan kanalning oraliq liltr (OF|..., OFN)lari yordamida kanal signallari ajratib olinadi. Boshlanjich kanal signallarini olish uchun signallar demodulyator (DM|...,DMN)larga beriladi. Agar tashuvchi chastotalar uzatuvchi oxirgi stansiyadagi modulyatorlar chiqishida yo'qotilgan bo'lsa, unda demodulyatorga kanal signallaridan tashqari tashuvchi chastota (lT|...lTN)lar ham berilishi lozim. Past chastotali liltr (PChF)lar, demodulyatsiyalash jarayonida hosil bo'lgan, signalni yuqori chastotali tashkil topuvchilaridan boshlanjich signalni ajratib oladi. Kanal signallarini to'liq ajratib olish uchun oraliq liltr (OF|,...OFN)larni xarakteristikalari ideal bo'lishi lozim. Haqiqiy liltrlarda so'nishning oshishi chegaralanganligi tulayli kanallararo o'zaro o'tishlar yuzaga kelishi mumkin. Ularni mumkin bo'lgan qiymatgacha kamaytirish uchun, kanal spektrlarining orasiga himoya chastota oralig'i (lxim) (2.2-rasm) kiritiladi. Masalan, gaplashadigan signallarni uzatish uchun himoya chastota oralig'i 0,9 kGtsni tashkil qiladi.
|