• Qoldiq sonish
  • Tovush chastotali (TCh) kanal, uning xarakteristikalari




    Download 223,88 Kb.
    bet10/40
    Sana13.05.2024
    Hajmi223,88 Kb.
    #228040
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
    Bog'liq
    Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

    Tovush chastotali (TCh) kanal, uning xarakteristikalari

    Ko'p kanalli uzatish tizim (KKUT)larining kanallari bo'yicha uzatiluvchi signallar liniyadan o'tganda ayrim sabablarga ko'ra buziladi va unga yana shovqin ta'sir qiladi. Kanalning sifati nuqtai nazaridan buzilishlar belgilangan miqdordan oshib ketmasligi uchun kanalning elektrik xarakteristikalarini me'yorlashtirish zarur. TCh kanalning xarakteristikalarini meyyorlashtirishda kanalning uzunligi, tranzit ulanishlar, bundan tashqari tovush chastotali kanallardan boshqa turdagi axborotlarni uzatishda foydalanish mumkinligini ham hisobga olish zarur.


    TCh kanalning eng acosiy xarakteristikalaridan biri qoldiq so'nish hisoblanadi. U vaqt bo'yicha doimiy qolmaydi. Shuning uchun qoldiq so'nishni nominal qiymatidan tashqari, 800 Gtsli chastotada mumkin bo'lgan nomo'tadilligi ham meyyorlashtiriladi.
    Qoldiq so'nish deb, berilgan chastotadagi barcha so'nishlar (Ea) yig'indisidan, barcha kuchayishlar (E) yig'indisining ayirmasi orqali aniqlanuvchi ishchi so'nishga aytiladi.

    Kanaldagi kirish va chiqish qarshiliklarini nazarda tutgan holda qoldiq so'nishni kanalning kirishidagi va chiqishidagi uzatish satxlarining farqi orqali ham aniqlash mumkin:

    aqold=Rkir-R

    chiq

    (Rkir -kanalning kirshidagi uzatish sathi;
    Rchiq -kanalning chiqshidagi uzatish sathi.)
    Rkir=0 ekanligi hisobga olinsa: Rchiq=-aqold
    Qoldiq so'nish 800 Gtsli chastotada me'yorlashtiriladi.
    Kanalning ikki simli qismi uchun qoldiq so'nish: aqold=7 dB, kanalning 4
    simli qismi uchun qoldiq so'nish aqold=-17 dB ga teng. Qoldiq so'nishning me'yordan og'ishi (800 Gtsli chastotada) oddiy TCh kanal uchun (ya'ni tranzit ulanishlarsiz) 1 dBdan oshmasligi lozim. Qoldiq so'nishning me'yordan oshishi signal satxini pasayishiga olib keladi va signalga ta'sir qiluvchi shovqinlarning sathi oshadi. Qoldiq so'nishning me'yordan pasayishi esa, nochiziqli buzilishlarni yuzaga kelishiga olib keladi. Natijada qo'shimcha garmonikalar tufayli kanallararo bir-biriga o'tishlar hosil bo'ladi.
    Qoldiq so'nishning chastotaga bog'lanishi kanalning amplituda- chastotaviy xarakteristikasi (AChX) deyiladi. Agar bu bog'lanish TCh kanalning 0,3...3,4 kGts chastota oralig'ida doimiy bo'lsa, unda kanalda amplituda- chastotaviy buzilish (AChB)lar bo'lmaydi. TCh kanalning chastota oralig'ida qoldiq so'nishning chastotaga bog'liq bo'lmagan xarakteristikasini amalga oshirishning iloji yo'q. Bunga juda ko'p omillar ta'sir qiladi, birinchi navbatda kuchaytirgichlarning, transformatorlarning, filtr (ayniqsa kanalning oraliq filtr)larning real AChXsi. Shuning uchun qoldiq so'nishning qiymati har xil chastotalarda turlicha. Shunga qaramasdan, AChBlar mumkin bo'lgan qiymatdan oshib ketmasligi uchun TCh kanalning taklif qilingan AChXsini qo'llash maqsadga muvofiqdir. Ketma-ket ulangan oddiy TCh kanallarning soniga bog'liq holda qoldiq so'nish (aqold) qiymatining oshishi va kamayishi o'zgaradi, chunki aloiida oddiy tovush chastotali kanallar uchun AChB yig'iladi.
    Bitta va o'n ikkita ketma - ket ulangan oddiy TCh kanallar uchun 800 Gtsli chastotada qoldiq so'nishning nominal qiymatdan og'ishini me'yorlashtirish qiymatlari 2.5.a,b-rasmlarda ko'rsatilgan. Pastki chegara, ikki tomonlama kanallarni tashkil qilganda uzatilayotgan birorta chastotada generatsiya yuzaga kelmaslik shartiga binoan tanlangan. Yuqoridagi pog'onasimon chegara, tekshirishlar natijasida kanal bo'ylab telefon signallari uzatilganda mumkin bo'lgan AChB uchun olingan. Real TCh kanallardan qoldiq so'nish og'ishini chastotaviy bog'lanishi, me'yorlanadigan chegaradan chiqmagan holda ketma-ket o'zgarishi lozim.


    A aqold, dB

    a)


    A aqold, dB

    0,3 0,4 0,6

    -2,2

    2,4 3,0 3,4 f, kGts



    b)

    1. a,b-rasm. Kanalning AChX me'yori


    Kanal olib keladigan fazalar surilishining chastotaga bog'lanishi kanalning faza-chastotaviy xarakteristika (FChX)si deyiladi. Real TCh kanallarda FChX idealdan farq qiladi, ya'ni ularda FChB (faza-chastotaviy buzilishlar) mavjud, odatda bu buzilishlar, TCh kanalning chastota oralig'idagi guruhli o'tish vaqtining notekislik qiymati bilan baholanadi.


    Fazo-chastotaviy buzilishlar diskret axborotlarni uzatishda (xatolik ehtimolligining oshishi tufayli) sezilarli darajada ta'sir qiladi. Telefon signallarini uzatishda FChBlar guruhli o'tish vaqtining notekisliligi tufayli ovozlarning aloiida komponentlarida vaqt bo'yicha sezilarli surilish hosil qilishi mumkin. Bu kattagina FChBlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun TCh kanallarda guruhli o'tish vaqtining mumkin bo'lgan notekisliligi, diskret axborot signallarini buzilishsiz uzatish talabini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Signalning guruhli o'tish vaqtining mumkin bo'lgan og'ish qiymatlari 400...3000 Gtsgacha har qanday chastota oralig'ida 1900 Gts chastotaga nisbatan me'yorlashtiriladi. Shuni aytish lozimki, fazalarni sozlovchi qurilmalar qo'llanilmaganda signallarni qayta ishlash jarayonida bu me'yor, talab qilingan uzatish tezligini ta'minlay olmaydi. Shuning uchun signalning guruhli o'tish vaqtini haqiqiy qiymati me'yorlanadi. Uning magistral tarmoqdagi eng uzoq punktlari orasidagi (TCh kanal) maksimal qiymati 90 msdan katta bo'lmasligi lozim.

    F, kGts

    2.6 -rasm. Kanalning faza-chastotaviy xarakteristikasi
    Nochiziqli buzilishlar TCh kanallar tarkibidagi nochiziqli qurilmalar tufayli yuzaga keladi. Ular uzatiladigan signallarning shaklini buzadi. Boshlang'ich signal spektri nuqtasi nazaridan, tarkibida bo'lmagan yangi tashkil topuvchilarni yuzaga keltiradi.
    Kanalning nochiziqlilik darajasi, ma'lum bir chastotalar- dagi kanalning qoldiq so'nishini kirishdagi signal satxiga bog'lanishi deb faraz qiluvchi amplitudaviy xarakteristika bilan baholanadi TCh kanalning amplitudaviy xarakteristika (AX)si 2.7-rasmda ko'rsatilgan. Bunday holda kirishdagi signal sathi -18 dBdan+3,5 dBgacha oraliqda o'zgarganda, 0,3...3,4 kGts chastota diapazonida oddiy TCh kanalning qoldiq so'nishi 0,3 dB aniqlikda doimiy qolsa, nochiziqli buzilishlar mumkin bo'lgan qiymatdan oshmaydi. Kirish sathlari 9 dB va 20 dB bo'lganda qoldiq so'nish 1,7 va 8 dB dan kam bo'lmagan holda oshishi mumkin (2.7-rasm).

    1. rasm. TCh kanalning amplitudaviy xarakteristika (AX)si


    3,5 dBdan yuqori sathlarda talab qilingan xarakteristikani ta'minlash uchun kanal kirishiga maxsus qurilmalar, katta amplitudaviy chegaralagichlar ulanadi. Ular shunday mo'ljallanganki, 3,5 dBdan past satxda, qurilma olib keladigan so'nish kam, undan yuqorida esa katta bo'lishi lozim. Bunday katta amplitudaviy chegaralagichlarning kanalga ulanishi, guruhli trakt qurilmalarini ishini engillashtirishga mo'ljallangan. CHunki kirish satxining eng yuqori chegarasida uning yuklamasi oshadi.


    Nochiziqli buzilishlar, nochiziqli buzilish koeffitsienti orqali baholanadi:
    K J и 2+и 3+и 2~
    Н6 \U2+U 2+U 3+...
    Nochiziqli so'nish esa quyidagicha aniqlanadi:
    1


    а = 20ig —
    Кн.б
    Bu yerda: U1-acosiy chastotaning kuchlanish amplitudasi; U2 U3 Un- mos keluvchi garmonikalarning kuchlanishini amplitudasi. Oddiy TCh kanal uchun nochiziqli buzilishlar 1,5% dan kam bo'lishi lozim. Agar oddiy TCh kanallar soni n bo'lsa, unda nochiziqli buzilish koeffitsienti 1,5^n % dan oshmasligi zarur. Kanal va traktlardagi mumkin bo'lgan shovqin qiymati aloqa kanalining uzunligiga bog'liq. Chunki aloqa masofasi oshishi bilan shovqinlar ham osha boradi. 2500 km uzunlikdagi kanal uchun psofometrik shovqin quvvati 10000 pikovatt (pVT) dan oshmasligi lozim (-50dBqo). Shundan 25% ni spektrlarni o'zgartiruvchi qurilmalar, 75% ni liniya trakti hosil qiladi. Shunday qilib TCh kanalning liniya traktida yuzaga keluvchi shovqin quvvati 1 km uzunlik uchun 3 pVt psofdan oshmasligi lozim. Xalqaro TCh kanallar uchun esa 1,5 pVt psofdan oshmaydi.



    1. Download 223,88 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




    Download 223,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tovush chastotali (TCh) kanal, uning xarakteristikalari

    Download 223,88 Kb.