|
Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan ko'p kanalli uzatish tizimlarining
liniya traktida va kanallarida hosil bo'luvchi shovqinlar
|
bet | 18/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.orgKanallari chastota bo'yicha ajratilgan ko'p kanalli uzatish tizimlarining
liniya traktida va kanallarida hosil bo'luvchi shovqinlar
Shovqinlarning turlari
Shovqin bu, uzatilgan signalni qabul qilishga halaqit beruvchi begona elektrik tebranishlardir. U signalga ta'sir qilish xarakteriga bog'liq holda additiv va multiplikativ shovqinlarga bo'linadi. Additiv shovqinlar deb, kanal va traktlarda yuzaga keluvchi tasodifiy elektr yurituvchi kuchga aytiladi. Ular foydali signal bilan qo'shiladi va qabul qilish nuqtasi (uzatish kanalining, traktining chiqishiga) quyidagi kuchlanish bilan tushadi:
Iqq(t) = Is (t)+Ish (t).
Multiplikativ shovqinlar deb, kanal (trakt)ning uzatish koeffitsientini tasodifiy o'zgarishiga aytiladi. Bunday holda signalni qabul qilish nuqtasidagi kuchlanishi:
Iqq(t) = Is (t) • Rn (t),
bu yerda: Rn- traktning uzatish koeffitsienti. Bundan tashqari shovqinlar tebranishining shakli, chastota spektri yuzaga kelish joyi va halaqit beruvchi ta'siri bo'yicha ham sinflanadi. Shakli bo'yicha tebranishlar, uzluksiz va impulsli shovqinlarga bo'linadi. Ularning juda kichkina qiymati, o'rtacha qiymatni yuzlab xatto minglab oshishiga olib keladi. Uzluksiz shovqinlarning kichik qiymati ularning o'rtacha qiymatini bir necha o'n marta oshishiga olib keladi.
Chastota spektri bo'yicha, shovqinlar uzluksiz to'g'ri (oq shovqinlar ko'rinishida) va diskret spektrlarga bo'linadi. Ko'pgina hollarda fluktuatsiya xarakteriga ega bo'lgan shovqinlar (shaxsiy shovqinlar) uzluksiz to'g'ri va taxminan tekis spektrga ega, elektrlangan transport, yuqori voltli liniya, elektr ta'minoti qurilmalari shovqinlari diskret spektrga ega.
Yuzaga kelish joyi bo'yicha ichki va tashqi shovqinlarga bo'linadi. Ichki shoqinlar uzatish tizimining apparaturasini o'zida hosil bo'ladi. Unga masalan: shaxsiy shovqinlar nochiziqlilik tufayli yuzaga keluvchi shovqinlar, mahalliy ulanish kontaktlarining yomonligi tufayli yuzaga keluvchi shovqinlar va x.k. kiradi. Tashqi shovqinlar kanal va traktlardan tashqarida hosil bo'ladi. Bunday shovqinlarning kelib chiqishiga parallel zanjirlar orasidagi aloqaning ta'siri, radiostantsiya signallarining ta'siri, sanoat uskunalarining shovqinlari momaqaldiroq razryadlari shovqinlari kiradi. halaqit beruvchi ta'siri bo'yicha shovqin va o'zaro o'tuvchi gaplashishlar ko'rinishidagi shovqinlarga bo'linadi. Ovozli signallarni uzatishda shovqinlar gaplashayotgan gapning aniqligini kamaytirgan holda (chiqillash, titrash ko'rinishida) nimjon signalning tashkil topuvchilarini qoplaydi. Ovozli signallarni uzatishda eng xavflisi o'zaro o'tuvchi gaplashishlardir. Ular aniq va noaniq o'zaro o'tuvchi gaplashishlarga bo'linadi. Aniq o'zaro o'tuvchi gaplashishlar aloqa maxfiyligini buzgan va abonentlarning diqqatini o'ziga jalb qilgan holda ovozli pauzalarda boshqa kanallardan eshitiladi. Noaniq o'zaro gaplashishlar unchalik xavfli emas, chunki ularda boshqa kanallardan eshitiladigan gaplarni aniq eshitib bo'lmaydi. Diskret signallarni uzatishda shovqinlarning paydo bo'lishi, uzatiladigan axborotning ishonchiligini kamaytiradi, tasvirni uzatganda esa detallarni ajratish qiyinlashadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan ko'p kanalli uzatish tizimlarining
liniya traktida va kanallarida hosil bo'luvchi shovqinlar
|