Shovqinlarni baholash va ularni me'yorlashtirish
Aloqa liniyasi bo'ylab uzatiladigan signallarda ta'sir qiluvchi shovqinlarni baholash uchun «himoyalanganlik» deb ataluvchi tushuncha kiritiladi. Signalning shovqindan himoyalanganligi quyidagicha aniqlanadi.
Ax=10 lg (Rs/Rsh)=Rs-Rsh dB;
bu yerda: p, psh, Rs, Rsh-signalning quvvati va satxi. Ayniqsa himoyalanganlikni qo'llash, o'zaro o'tuvchi gaplashishlar ko'rinishidagi shovqinlarni baholashda qulaydir.
Nisbiy uzatish sathi ma'lum bo'lgan nuqtadagi shovqin ta'sirini, kuchlanish va shovqin quvvatining qiymati orqali ham baholash mumkin. Bunda foydali signalning quvvati aniqlanadi.
Ai=Rs-Rsh=20 lg Is/Ish, dB.
Bu yerda: Is va Ish-signal va shovqinning kuchlanish qiymati. Telefon signallarining aniqligi me'yorida bo'lishi uchun himoyalanganlik 10 dbdan oshiq bo'lishi lozim. Telefon kanallaridagi shovqinlar ko'p chastotali murakkab tebranishlardan iborat. Qulojimizning sezuvchanligi esa xar xil chastotalar uchun turlicha. Shuning uchun ta'sir qiluvchi shovqinlarning barcha tashkil topuvchilarini, kuchlanish bo'yicha yig'indi bilan baholab bo'lmaydi, balki shovqinning psofometrik kuchlanishi bilan baholanadi.
Psofometrik kuchlanish deb, psofometr yordamida o'lchanadigan kuchlanishga aytiladi. Psofometrning o'zi kvadrat shakliga ega bo'lgan voltmetrdan va qulojimiz sezadigan oraliqdagi chastotaviy xaraktiristika bilan asbob sezgirligining chastotaviy bog'lanishini ta'minlaydigan qurilmadan iborat. Bu qurilmaning uzatish koeffitsientini chastotaviy xaraktiristikasiga mos keluvchi, egilgan sezuvchanlik 3.3-.rasmda ko'rsatilgan.
Kf
Bu yerda kuchlanishning o'zgarishi faqatgina quloqqa ta'sir qiluvchi chastotalarda hosil bo'lishi mumkin. Tovush chastotali kanallar uchun quloqning eng yaxshi eshitish oralig'i 0,3-3,4 kGts, psofometrik qiymatning eng yaxshi oraliqqa bo'lgan nisbati esa taxminan 0,75ga teng va u psofometrik koeffitsent deb ataladi (Kns= 0,75). Shovqinlarni baholashda psofometrik koeffitsent bilan birgalikda psofometrik quvvat ham qo'llaniladi (apparatura va magistrallarni loyixalashtirishda)
R n.s shovqin = Kn • rsh;
bu yerda: rsh-ta'sir qiluvchi shovqin quvvati.
Aloqa kanallarida shovqinlarni me'yorlashtirish, kanalning talab qilingan sifatini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Haqiqiy aloqa magistrali har xil uzunlikka va tuzilishga ega. Shuning uchun shovqinlarni meyorlashtirish etalon yoki gipotetik zanjir deb ataluvchi 2500 km uzunlikka ega bo'lgan shartli zanjir uchun amalga oshiriladi.
Nolinchi nuqtaga nisbatan shovqinning o'rtacha kvadratik qiymati 10000 pVtni tashkil etadi. Shundan: 2500 pikovati oxirgi va oraliq stantsiyalar hosil qilgan shovqinlar uchun ajratiladi, 7500 pikovati liniya traktida hosil bo'lgan shovqin quvvatlari uchun ajratiladi. Magistral bo'ylab kuchaytirgich punktlari teng oraliq masofalarda joylashishi hisobga olinsa, magistralning 1 km uchun ajratiladigan shovqin quvvati 7500 /3 pVt/km ga teng. Shunday qilib, mumkin bo'lgan shovqin quvvati quyidagicha aniqlanadi:
R mumkin bo'lgan l.t 3^L pVt,
bu yerda: L- haqiqiy magistral uzunligi.
|