|
Kanal va tarktlarda signallarning buzilishi
|
bet | 21/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.orgKanal va tarktlarda signallarning buzilishi.
Buzilishlarni kelib chiqish sabablari
Liniya tizimlari bo'ylab signallarni buzilishsiz uzatish uchun:
a (&) = a0 = const
faza-chastotaviy xarakteristika to'g'ri chiziqli bo'lishi yoki guruhli o'tish vaqti chastotaga bog'liq bo'lmasligi lozim.
t Go’V (®)=const.
Haqiqiy traktda reaktiv elementlarning mavjudligi, so'nish va guruhli o'tish vaqtining chastotaga bog'liqligini yuzaga kelishiga, bu esa uzatiladigan signallarni buzilishiga olib keladi. Bunday buzilishlar chiziqli deb ataladi, chunki ularning qiymati uzatiladigan signalning amplitudasiga bog'liq emas. Liniyaning ideal va real amplituda chastotaviy xarakteristikasi 3.6-rasmda ko'rsatilgan.
a)
b)
Ю1
с);
a) Ideal xarakteristika,
b) Real xarakteristika
rasm. Liniyaning ideal va real amplituda chastotaviy xarakteristikasi.
Chiziqli buzilishlar quyidagi turlarga bo'linadi:
-amplituda chastotaviy buzilish;
-fazo chastotaviy buzilish.
Chiziqli buzilishlar turli signallarni uzatish sifatiga har xil ta'sir ko'rsatadi, ya'ni bir xil emas. Harakatli va xarakatsiz ta'svirli signallarni uzatishda amplituda chastotviy buzilish (AChB) va fazo-chastotaviy buzilish (FChB) lar mavjud bo'lganligi tufayli, uzatilayotgan signal shakli buziladi. Bu esa tasvirning aniqligini yo'qotadi va nisbatini buzadi. Natijada impulslar quyidagi ko'rinishga keladi.
rasm. Liniyaga uzatilgan impuls shaklining buzilishi.
AChB va FChBlarning ikkalasi ham diskret axborotlarni uzatishda ta'sir qiladi, ya'ni uzatiladigan impulslarning bir biriga qo'shilib ustma-ust tushishiga olib keladi (3.7-rasm). Shuning uchun ovozli axborotlarni uzatishda faqatgina AChBning oshishi gapning aniqligini haqiqiyligini yo'qotadi va kanallari chastota bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlarida aloiida kanallarni shovqindan himoyalanganligini pasayishiga olib keladi. Sababi, chiziqli buzilishlar har doim oxirgi punktgacha yig'ilib boradi, FChBlar esa musiqiy ovozli eshittirish signallarini uzatishda ovozning balandligini oshirish tezligini o'zgartiradi.
|
| |