|
Chastotalarni ko'p marta o'zgartirish printsipi
|
bet | 17/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.orgChastotalarni ko'p marta o'zgartirish printsipi
Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan ko'p kanalli uzatish tizimlarining apparaturalarini tuzishda chastotalarni ko'p marta o'zgartirish usuli qo'llaniladi. Buning ma'nosi shundan iboratki, Boshlang'ich signallar liniyaga uzatilishidan oldin chastotalar shkalasi bo'yicha bir necha marta o'zgartiriladi qabul qiluvchi qismda esa teskari jarayon amalga oshadi. Ko'p marta o'zgartirish oddiy va arzon filtrlarni, har xil kanallar soniga ega bo'lgan uzatish tizimlarining standart qurilmalarini va liniyaning oraliq chastotasidan unumli foydalanish imkonini beradi.
KChBA UTlari shaxsiy va guruxli usulda tuzilishi mumkin. Shaxsiy usulda qurilganda o'zgartirgichlar, filtrlar, kuchaytirgichlar va boshqa qurilmalar har bir kanal uchun aloiida va har bir oxirgi va oraliq stantsiyalarda kanallar soniga bog'liq holda shuncha marta takrorlanadi.
Agar har bir kanal uchun oxirgi apparaturalarning qurilmalari alohida va oraliq apparaturalarning qurilmalari esa barcha kanallar uchun umumiy bo'lsa, bunday usulga guruxli deyiladi.
Hozirgi paytda uzatish tizimlarini shaxsiy usulda tuzish usuli uzatish masofasining chegaralanganligi va kanallar soni kamligi tufayli qo'llanilmaydi. Chunki kanalning oraliq filtlari nafaqat oxirgi, balki har bir oraliq stantsiyalarda ham qo'llaniladi. Shuning uchun oraliq stantsiyalarning soni oshishi bilan kanalning oraliq chastotasini samarali uzatish oralig'i kichrayadi, bu esa oraliq stantsiyalarni va uzatish masofasini chegaralanishiga olib keladi. Bundan tashqari har bir oraliq stantsiya uchun bir xil xarakteristikalarga ega bo'lgan filtrlarni qo'llash qiyinchilik tujdiradi va apparaturalarni iajmini kattalashishiga va narxini oshishiga olib keladi. Yuqoridagi kamchiliklarni nazarda tutgan holda, kanallari chastota bo'yicha ajratilgan ko'p kanalli uzatish tizimlari guruhli usulda tuziladi. Ko'p kanalli uzatish tizimlarining guruhli usulda tuzilish sxemasi 3.2.-rasmda ko'rsatilgan.
Birlamchi pog'ona (shaxsiy o'zgartiruvchi pog'ona)da n kanal guruxli signallarga aylangan holda bir-birini berkitmaydigan oraliq chastotalarda joylashgan n1 kanal signallariga o'zgaradi. Ikkinchi va qolgan pog'ona o'zgartirishlar guruhli hisoblanadi. n1 kanal signallarining bir xil oraliq chastotalari, n2 ikkinchi pog'onada n1, n2 umumiy guruhli kanal signallariga o'zgartiriladi. Keyingi o'zgartirish pog'onasida n1, n2, n3 guruhli kanal signallarining bir xil oraliq chastotalarini n3 ga ko'chirgan holda bir-birini berkitmaydigan holda n1,n2,n3 kanal signallariga o'zgaradi.
Boshlang'ich signal
3.2-rasm. Ko'p kanalli uzatish tizimlarining guruhli usulda tuzilishi
n1 kanal signallaridan hosil bo'lgan guruhga birlamchi, n2 birlamchi guruhlari birlashtirilgan guruhga ikkilamchi (n1 ,n2), n3 ni birlashtirish yo'li bilan olingan n1,n2,n3 kanal signallariga uchlamchi guruhlar deyiladi.
Juda ko'p kanallar soniga ega bo'lgan uzatish tizimlarining apparaturalarini tuzishda to'rtlamchi va beshlamchi guruh kanallaridan foydalaniladi, hamda guruhli qurilmalarning yig'indisi acosiy o'zgartiruvchi apparatura deyiladi.
Acosiy o'zgartiruvchi apparatura chiqishidagi uzatish tizimining spektrini liniya spektriga o'zgartirish, o'zgartiruvchi apparatura orqali amalga oshiriladi. Bu apparatura har xil apparaturalar uchun turlicha va bir yoki ikki o'zgartirishdan iborat bo'lishi mumkin.
Liniya traktining oxirgi apparaturasi (LTOA) yordamida o'zgartiruvchi apparatura chiqishida spektr shakllanadi. Bunday qurilma tarkibiga acosan kuchaytirgichlar, sathni avtomatik boshqaruvchi qurilma, yo'naltiruvchi filtrlar kiradi.
|
| |