• AVU uzatish tizimi
  • KAMA uzatish tizimi
  • Mahalliy tarmoqlarda qo'llaniladigan uzatish tizimlari




    Download 223,88 Kb.
    bet25/40
    Sana13.05.2024
    Hajmi223,88 Kb.
    #228040
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
    Bog'liq
    Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

    Mahalliy tarmoqlarda qo'llaniladigan uzatish tizimlari

    Hozirgi paytda mahalliy tarmoqlarda ham kanallari chastota bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlari qo'llaniladi. Ularni ShTS (shaharlararo telefon stantsiyasi) va qishloq ATSlari orasida abonent liniyalarini ulovchi sifatida qo'llash mumkin. Bu tizimlarning xususiyati shundan iboratki, aloqa qilish masofasi kam, qisqa masofalarga aloqa o'rnatishda oxirgi qurilmalarga kam xarajat sarflanadi.


    Mahalliy tarmoqda quyidagicha uzatish tizimlari qo'llaniladi: V-3-3 s, AVU va KAMA.
    Mahalliy tarmoqlarda qo'llaniladigan uzatish tizimlari ikki simli hisoblanadi. Bu punktlarning ayrim turlarida oraliq kuchaytirgich tizimlarida liniya traktini arzonlashtirish maqsadida ikkala uzatish yo'nalishidagi signallarni kuchaytirish uchun bitta kuchaytirgich qo'llaniladi. Endi uzatish tizimlari haqida qisqacha ma'lumotlarni qarab chiqamiz.
    AVU uzatish tizimi, SHTSlarning abonent liniyasidan qo'shimcha kanallar olish uchun qo'llaniladi. Bunda 0,3-3,4 kGts oraliqda signallarni uzatish buzilmaydi. Qo'shimcha kanalni yana taksafon uchun liniya sifatida qo'llasa ham bo'ladi. AVU tuzatish tizimidagi so'nish abonent liniyasining 3,5 km uzunlikdagi so'nish bilan mos tushadi.
    KAMA uzatish tizimi ATS, ATS va ShTS (shaharlararo telefon stantsiyasi) orasida ulovchi liniyalarni tashkil qilish uchun qo'llaniladi. Bu uzatish tizimida yo'naltiruvchi muiit sifatida MKS, VTSPV, KSPPB , KSPPB va T turidagi kabellar ishlatiladi. KAMA uzatish tizimi ikki variantda ishlashi mumkin: bitta yo'nalishda 12...252 kGts chastota spektrida bir kabelli ikki polosali va teskari yo'nalishda 312-548 kGts spektrda, 12-248 kGts chastota spektri ikki kabelli bir polosali sxema bo'yicha 30 ta TCH kanalni tashkil qilish imkoniga ega. Tizim MKS, MKPV, KSPP va VTSP kabellari orqali ikki polosali bir kabelli kabi, T kabelini qo'llaganda ikki kabelli bir polosali rejimda ham ishlashi mumkin. MKS kabelini qo'llaganda kuchaytirgich uchastkasining uzunligi 14.3 km, uzatish masofasi esa 80 kmni, KSPP kabelini qo'llaganda kuchaytirgich usastkasi 8 km, uzatish masofasi esa 50 kmni tashkil etadi. T turdagi kabelni qo'llaganda, himoyalanganlik talabini qondiruvchi juftlikni tanlash lozim. Unda kuchaytirgich uchastkasining uzunligi shovqin sathlari yuqori bo'lganligi tufayli 3,3 kmni, aloqa masofasi esa 23 kmni tashkil etadi. Bitta kanal signalini uzatish uchun 8 kGts chastota ishlatiladi.

    Download 223,88 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




    Download 223,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahalliy tarmoqlarda qo'llaniladigan uzatish tizimlari

    Download 223,88 Kb.