Impulsli-kodli modulyatsiya. Tekis va notekis kvantlash. Kodlovchi qurilmalarning tuzilishi




Download 223,88 Kb.
bet28/40
Sana13.05.2024
Hajmi223,88 Kb.
#228040
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Bog'liq
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

Impulsli-kodli modulyatsiya. Tekis va notekis kvantlash.
Kodlovchi qurilmalarning tuzilishi

Hozirgi paytda RUTlarda impulls kodli modulyatsiya (IKM) juda keng tarqalgan. IKMda AIM signalning vaqt bo'yicha ajratilgan bo'laklari kodli guruhlarga o'zgartiriladi. Ular 1 va 0 lar ketma-ketligidan iborat ikkillik simvollar deyiladi. IKMni amalga oshirish uchun, yuqorida aytganimizdek, 3 ta operatsiya amalga oshiriladiA


  • vaqt bo'yicha signallarni diskretizatsiyalash;


  • olingan impulslarni amplituda bo'yicha kvantlash;


  • amplituda bo'yicha kvantlangan impulslarni kodlash.


Diskretizatsiyalash operatsiyasi oldin qarab chiqilgan, endi kvantlash va kodlash operatsiyasini qarab chiqamiz. IKMda signallarni o'zgartirish quyidagi


  1. rasmda ko'rsatilgan.



v)


IKM signal

t

  1. rasm. Kvantlash va kodlash operatsiyasi

Olingan ko'p kanalli guruhli AIM signalni (4.3.a-rasm) sath bo'yicha kvantlash lozim. Bu jarayon sonlarni o'zgartirish protsedurasi bilan bir xil. Ikkita qo'shni uzatish satxlari orasidagi farq kvantlash qadami (A) deyiladi. Agar signalning vaqt bo'yicha ajratilgan bo'lagining amplitudasi ikkita ruxsat etilgan satxlar orasida yarim qadamdan oshsa (A /2), uning qiymati katta tomonga, agar kvantlash qadamining yarmidan kichik bo'lsa, kichkina tomonga yaxlitlanadi. Bunday yaxlitlashlar farqlar bilan kuzatiladi. Signalning vaqt bo'yicha ajratilgan bo'lagining haqiqiy qiymati va uning kvantlash qiymati orasidagi farq kvantlash xatoligi yoki kvantlash shovqinlari deyiladi va u quyidagicha aniqlanadi:


kv xa, (t)=U AIM (t)-Ukv (t).
Kvantlash sathlarini raqamlashni amalga oshirgan holda signal satxining o'zini emas, balki ikkilik kodlardagi shkala sathining qiymatini uzatish mumkin. Signalning qiymatlari 4.1-jadvalda berilgan.

Signalning vaqt bo'yicha ajratilgan bo'laklari


U AIM (t)


u

kv xat (t)

z

Ikkilik kod

1

3,6

4

-0,4

4

100

2

2,7

3

-0,3

3

011

3

1,2

1

0,2

1

001

4

0,6

1

-0,4

1

001

5

0,3

0

0,3

0

000


4.1-jadval

Bu yerda UAIM (t)-signalning vaqt bo'yicha ajratilgan bo'laklarini amplitudasi (8.1.a-rasm)


Ukv(t)-ularning kvantlangan qiymatlar (8.1-b rasm.);
kv xat (t)kvantlash xatoliklari (8.1.-v rasm.);
N- kvantlash sathlarining raqami
Ikkilik kod kvantlangan satx qiymatlaini o'nlik qiymatini ikkilik kodga o'zgartirish amalga oshadi. Bunday o'zgartirish natijasida olingan impulslar ketma-ketligi guruhli IKM signal hisoblanadi. O'nlik qiymatlarni ikkilikka o'zgartirishni quyidagi qonun bo'yicha oson amalga oshirish mumkin:
  1. Shartli kvantlash qadamlarini ikkilik sonlarda, quyidagi yig'indi ko'rinishida faraz qilish mumkin: Masalan:105=64+32+8+1




  2. £ 2m sonlarining qatoriga, sonlar qayerda bo'lsa, 1 qayerda yo'q bo'lsa 0 qo'yiladi

+ 1=105



r-^
32 1 0
64 32 + 8
11*26 + 1 *25| 0*2*+ 1 *23+ 0*22+^*21 +|*2'
1 1 0 1 0 0 1
Guruhli signalning vaqt bo'yicha ajratilgan bo'laklarini kvantlangan qiymatlari orasidagi nol va birlar yig'indisi kodli guruxlar deyiladi va kodli guruhdagi uning razryadi bir va nollar ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Masalan: 011-uch razryadli kodli gurux, 1101001-etti razryadli kodli gurux. Agar kodli guruh m razryaddan iborat bo'lsa, unda bunday m razryadli kodni M=2m sath uchun kodlash mumkin, m=5 da M=32, m=7 da M=128 va x.k. Kvantlash
satxlarining soni ma'lum bo'lsa, kodli guruxlarning razryadini quyidagi tenglik orqali aniqlash mumkin:
M=log2 MRE
bu yerda MR.E -ruxsat etilgan sathlar soni. U simmetrik kodlar uchun quyidagicha aniqlanadi:
M= U +1
A .
Natural kodlar uchun esa:
. - n \Umax , <
M=2^-^ +1,
bu yerda:
Umax - impulsning maksimal amplitudasi;
A - kvantlash qadami.
Signalning vaqt bo'yicha ajratilgan bo'laklarini amplitudasini kodli guruhlarga o'zgartiruvchi qurilmaga koderlar, teskari o'zgartiruvchi qurilma esa dekoderlar deyiladi. Ikkala kodlovchi va dekoderlovchi qurilmalarga kodeklar deyiladi. IKMli RUTlarda signallarni kodlash jarayonida tekis va notekis kvantlash shakalalaridan foydalaniladi.



  1. Download 223,88 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Download 223,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Impulsli-kodli modulyatsiya. Tekis va notekis kvantlash. Kodlovchi qurilmalarning tuzilishi

Download 223,88 Kb.