|
1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007
|
bet | 36/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.orgNazorat savollari
Raqamli liniya trakti qanday qurilmalardan tashkil topgan va ularning vazifasi nimadan iborat?
Kabelli zanjirlarda so'nish qanday o'zgaradi va u signalning sifatiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Simvollararo interferentsiyalar nima sababli yuzaga keladi?
Nima uchun simmetrik kabelli liniyalarda o'zaro o'tuvchi shovqinlar yuzaga keladi?
Liniyaga uzatilgan signallarning so'nishini sababi nimada?
Regeneratsiyalash deganda nimani tushunasiz?
Regeneratorlarning ishlash printsipini tushuntiring.
Regeneratorning vaqt bo'yicha ishlash diagrammasini tushuntiring.
RAQAMLI UZATISH TIZIMLARINING OXIRGI STANTSIYASINI
TUZILISHI
Impuls kodli modulyatsiyaga ega bo'lgan raqamli uzatish tizimlarining
oxirgi stantsiyasining tuzilishi
Bitta uzatish yo'nalishi uchun impuls kodli modulyatsiya (IKM)ga ega bo'lgan birlamchi uzatish tizimlarining oxirgi stantsiyasini tuzilish sxemasi 7.1- rasmda ko'rsatilgan.
1, 2, ... N abonentlardan tushuvchi U (t), U2 (t) . . . UN (t) Boshlang'ich signallar past chastotali filtr (PChF) orqali kanalning amplituda impulsli modulyatori (M)ga tushadi. Bundan modulyatorlar sifatida elektron kalitlardan foydalaniladi. Modulyatorlar yordamida uzatilayotgan signallarni vaqt bo'yicha diskretizatsiyalash amalga oshiriladi. Modulyator chiqishida signallar bitta guruhli AIMga birlashtiriladi (AIMuzat). Modulyatorning ishini, uzatuvchi qismdagi generator qurilmasi (GKuzat)dan tushgan impulslar ketma-ketligi boshqaradi. Bunda impulslar kanal modulyatorlariga navbatma-navbat beriladi (vaqt bo'yicha suralgan holatda), bu esa guruxli AIM signallarni to'g'ri shakllanishini ta'minlaydi. Ketma-ketlikdagi har bir impulsning davomiyligi taxminan 125/2+N mksni tashkil etadi, bu kanalning AIM impulsini davomiyligi bilan aniqlanadi, ta'qib davri esa 125 mksga teng, bu esa diskretizatsiyalash chastotasi (fg =8 kgts)ga mos keladi. Guruhli AIM signal kodlovchi qurilma (koder)ga tushadi. Bu yerda bir vaqtni o'zida satx bo'yicha kvantlash va kodlash operatsiyasi bajariladi.
ATS asboblarini boshqarish uchun telefon kanallari orqali beriluvchi bog'lovchi va moslashtiruvchi signallar, generator qurilmasi (GQuzat)da shakllangan impulslar ketma-ketligi yordamida diskretizatsiyalanuvchi va birlashtiriluvchi uzatgich
(B va Muzat)ga tushadi. Natijada guruxli bog'lovchi va moslashtiruvchi signallar shakllaniladi.
Dekoderning chiqishidagi kanallarning kodli guruxlarini ya'ni guruxli IKM signalni, kodlangan bog'lovchi va moslashtiruvchi signallarni, sinxrosignal uzatgichi (SSuzat)dan tushgan sinxrosignallarning kodli guruxlarini, sikl va yuqori sikllarni hosil qilgan holda birlashtiruvchi qurilma (BQ)da birlashtiriladi. GQuzat dan tushgan, mos keluvchi boshqaruvchi impulslar, yuqori sikl tarkibidagi sikllarni va uzatish siklidagi kodli guruxlarni ta'qib qilishni to'g'ri tartibini ta'minlaydi. Uzatish tizimining uzatuvchi qurilmalarini ketma-ket ishlashini va lozim bo'lgan tezlikni GQ uzat ta'minlaydi.
Shakllangan IKM signallar, bir qutbli ikkilik simvollar (musbat bir va nollar) ketma-ketligidan iborat. Bunday signal liniya orqali uzatilganda buziladi va so'nadi, shuning uchun liniyaga uzatishdan oldin bunday bir qutbli IKM signallar, liniya trakti bo'ylab uzatishga qulay bo'lgan ikki qutbli impulslar ko'rinishiga o'zgartiriladi. Bu uzatuvchi qismdagi kod o'zgartirgich (KO'uzat) da amalga oshadi.
IKM signalni liniya bo'ylab uzatish jarayonida har bir regeneratsiyalash punktida signalning shakli barcha parametrlari bo'yicha qayta tiklanadi. Qabul qiluvchi stantsiyada IKM signal stantsiya regeneratori (SR) yordamida qayta tiklanadi va ikki qutbli signallarni bir qutbliga o'zgartiruvchi kod o'zgartirgich (KO'qq)ga tushadi. Taktli chastota ajratgichi (TChA) bu signallar tarkibidan generator qurilmasi (GQq.q)ni ishini boshqarish uchun lozim bo'lgan taktli chastota signallarini ajratib oladi. Bundan tashqari uzatuvchi va qabul qiluvchi qismdagi generator qurilma (GQuzat va GQq.q.)larini sinxron va sinfaz ishlashini, to'g'ri dekoderlashni, telefon kanallarining B va M signallarini to'g'ri taqsimlanishini ham ta' minlaydi. Ajratuvchi qurilma (AQ) telefon kanallarining va B va M kanallarining kodli guruxlarini ajratadi. GQqqdan tushuvchi impulslar ketma-ketligi yordamida B va Mqq qabul qilgichi bog'lovchi va moslashtiruvchi signallarni o'zining kanallari bo'ylab tarqatadi, dekoder esa guruhli IKM signalni guruxli AIM signalga o'zgartiradi. GQq.q dan tushuvchi impulslar ketma-ketligi, kanallarning vaqtli selektor (VS)lariga tushadi va navbatma-navbat ularni ochgan holda guruxli AIM signallar tarkibidan kanal signalini ajratib olishni ta'minlaydi. AIM signallari ketma-ketligidan Boshlang'ich (uzluksiz) signallarni qayta shakllantirish, past chastotali filtr (PChF) yordamida amalga oshadi va olingan signallar talabgorlarga tarqatiladi.
A stansiya | |
|
V stansiya
|
uzatuvchi qurilma
|
i LINIYA '
J TRAKTI j
|
qabul qiluvchi qurimasi
|
I I
rasm. IKMli uzatish tizimlarining oxirgi stantsiyalarini tuzilishi sxemasi
|
| |