• RAQAMLI UZATISH TIZIMLARIDA SINXRONIZATSIYA Raqamli uzatish tizimlarida taktli, siklli, yuqori siklli sinxronizatsiya
  • 1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007




    Download 223,88 Kb.
    bet32/40
    Sana13.05.2024
    Hajmi223,88 Kb.
    #228040
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
    Bog'liq
    Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

    Nazorat savollari
    1. RUTlarining afzalligi nimada?


    2. Diskretizatsiyalash chastotasi nimaga acoslangan holda tanlanadi?


    3. Nima uchun fg aynan 8 kGts ga teng?


    4. Diskretizatsiyalash jarayonining vaqt bo'yicha diagrammasini tushuntiring.


    5. IKM signalni olish uchun qanday operatsiyalar amalga oshiriladi?


    6. Kvantlash jarayonini misol acosida tushuntirib bering.


    7. Kodlash qanday amalga oshadi?


    8. IKMli RUT larda qanday kvantlash turidan foydalaniladi va nima uchun?


    9. Koder va dekoderning ishlash printsipini tushintiring.




    1. RAQAMLI UZATISH TIZIMLARIDA SINXRONIZATSIYA


      1. Raqamli uzatish tizimlarida taktli, siklli, yuqori siklli sinxronizatsiya

    Impuls kodli modulyatsiya (IKM)ga ega bo'lgan signallarni to'g'ri dekoderlash va qabul qiluvchi stantsiyada mos keluvchi kanallar bo'yicha dekoderlangan axborotlarni tarqatish uchun, taktli va siklli sinxronizatsiya qo'llaniladi. Taktli sinxronizatsiya uzatuvchi va qabul qiluvchi stantsiyalarda signallarni qayta ishlash tezligini tenglashtirishni ta'minlaydi. Uni kuzatish uchun qabul qiluvchi stantsiyaning generator qurilmasi (GQ), qabul qilingan IKM signalidan ajratib olingan taktli chastotani boshqaradi. Taktli chastotani ajratib olish rezonans usulda amalga oshadi. Bunday usulni qo'lashdan maqsad, IKM signalining energetik spektrini diskret qismi taktli chastotalardan iboratligidir. Taktli chastotalarni ajratib olish uchun taktli oraliqlarni ajratib oluvchi qurilmadan foydalaniladi. Uning soddalashtirilgan sxemasi 5.1-rasmda ko'rsatilgan.



    1. rasm. Taktli oraliqlarni ajratib oluvchi qurilmaning soddalashtirilgan sxemasi


    To'g'irlagich, liniyadan tushgan ikki qutbli signalni bir qutbliga o'zgartiradi. Keyin signal kuchaytirgichda kuchaytiriladi. Tor oraliqli filtr (TOF), taktli chastota (fr)ning garmonik tebranishlarini ajratadi. Bunday filtrlarga taktli chastota tebranishlarini ajratib olishda qattiq talablar qo'yilgan, aks holda bir qutbli IKM signalining energetik spektrlarini uzluksiz tashkil topuvchilarining bir qismi filtr orqali o'tadi va taktli chastotani fazali titrashiga olib keladi, ya'ni impulslar orasidagi vaqtli oraliqlarni o'zgartiradi. Taktli chastotaning impulsli ketma- ketliklarini shakllantirish, shakllantiruvchi qurilma (ShQ)da amalga oshadi. ShQ chiqishidan taktli chastota, qabul qiluvchi qismdagi GQni ishini boshqargan holda unga uzatiladi.


    Sikl bo'yicha sinxronizatsiya kanallarni to'g'ri tarqalishini, ya'ni ma'lum bir kanallarning dekoderlangan AIM signallarini qabul qiluvchi qurilmaning shu kanallariga tushishini ta'minlaydi. Uzatuvchi stantsiyada shakllangan sinxrosignal axborotli signallar bilan birgalikda liniya traktiga uzatiladi. Qabul qiluvchi stantsiyada sinxrosignallar, farqlanuvchi belgilar bo'yicha ajratiladi. IKMli uzatish tizimlarida ular doimiy tuzilishga va taqib chastotasiga ega. Sinxrosignal sifatida bitta ikkilik simvolni yoki ma'lum bir tuzilishga ega bo'lgan simvollar guruhini qo'llash mumkin. Hozirgi paytda, sinxronizm yo'qolganda, ularni zudlik bilan topishni ta'minlovchi ko'p simvolli sinxroguruhlar qo'llaniladi. Siklli sinxronizm apparaturasini ulashda sinxronizmga kirish vaqti deb ataluvchi ma'lum bir vaqt oralig'i belgilanadi. Sinxronizm buzilganda tizim sinxronizmni izlash rejimiga o'tadi. Bu sinxronizmni izlash vaqti bilan xarakterlanadi. Sinxronizm yo'qolganda IKMli tizimlarning ishi buzilmasligi uchun, iloji boricha, sinxronizmga kirish va
    uni izlash vaqti kam bo'lishi lozim. Zamonaviy IKMli tizimlarda bu vaqt bir necha millisekunddan oshmaydi, chunki uning oshishi, ATS asboblari orqali abonentlarni ajralib ketishiga olib keladi.
    IKMli uzatish tizimlarida siklli sinxronizatsiyadan tashqari, ATSlarni o'zaro bog'lovchi va moslashtiruvchi signallarni to'g'ri taqsimlanishini ta'minlovchi yuqori siklli sinxronizatsiya ham qo'llaniladi.



    1. Download 223,88 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




    Download 223,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007

    Download 223,88 Kb.