Signallarni regeneratsiyalash.
Regeneratorlarning tuzilish sxemasi
Raqamli signal, aloqa liniyasidan o'tganda pasayadi va unga yana shovqin ta'sir qiladi. Bu esa impulslarning shaklini va davomiyligini o'zgartiradi, amplitudasini pasaytiradi, vaqt bo'yicha tasodifiy surilishga olib keladi. Shuning uchun ham IKMli tizimlarning raqamli liniya traktidagi raqamli signallarni qayta tiklash uchun ma'lum bir masofalardan keyin regeneratorlar joylashtiriladi.
Raqamli signallarni regeneratsiyalash jarayonida quyidagi acosiy operatsiyalar bajariladi (6.3-rasm):
qayta tiklanuvchi impulslarning amplitudasi kuchaytiriladi va ularni shakli sozlanadi;
sozlangan impulslar ta'qib qilinadi (bunday holda ta'qib qilish natijasida shunday
sharoit yaratiladiki, chiqishdagi impulslar faqatgina vaqtning ma'lum bir laizalaridagina shakllanadi);
ta'qibdan keyin olingan impuls amplitudalarining qiymatlari etalon (chegara) qiymat bilan solishtiriladi;
berilgan parametrlarga ega bo'lgan yangi impulslar shakllanadi.
Endi 6.3-rasmda ko'rsatilgan regenerator ishining vaqt bo'yicha diagrammasini qarab chiqamiz. Faraz qilaylik, regenerator sektsiyasining kirishida, ya'ni oldingi regenerator chiqishidagi raqamli signal 6.4-a rasmdagi ko'rinishga ega. Liniya uchastkasidan o'tgandan keyin regenerator kirishiga buzilgan va ma'lum bir muddatga kechikkan signal beriladi. Liniya transformatori orqali bu signal (6.4.b-rasm) liniya sozlagichi kirishiga beriladi. Bu sozlagich tarkibiga sun'iy sozlovchi liniya, avtomatik sath boshqarish qurilmasi (ASB), sozlovchi kuchaytirgich sxemasi kiradi. (6.4-rasmda ko'rsatilgan). ASB qurilmasida impulslar shaklini sozlash to'liq yoki qisman amalga oshiriladi. Bu simvollarni regeneratsiyalashda xatolik extimol- ligini pasaytiradi. Liniya sozlagichi chiqishida shakllangan signalning ko'rinishi 6.4.v-rasmda ko'rsatilgan. Liniya sozlagichining chiqishiga transformator orqali taktli chastotani ajratuvchi blok ulangan. Bu blokning chiqishida qisqa ta'qib impulslarining ketma-ketligi shakllanadi. Bu impulslar kirish simvollariga nisbatan shunday fazalanadiki, qayerda kirish simvollarining amplitudasi katta bo'lsa, shu eri taktli impulslarning o'rtasiga tushib qoladi. Bu ham, o'z navbatida regeneratsiyalash jarayonida xatolik extimolligini kamayishiga olib keladi.
Ta'qib impulslari (6.4.g-rasm) hal qiluvchi qurilma (XQQ1 va XQQ2)larga beriladi. XQQga bundan tashqari transformator orqali chegara kuchlanishini shakllantirgichi ishlab chiqargan chegara kuchlanishi ham tushadi (6.4.d,e-rasm). Eng oxirida to'g'rilagich joylashgan, u doimiy kuchlanishni ishlab chiqaradi. Bu kuchlanish liniya sozlagichi chiqishidagi impulslarning yarim amplitudasiga teng.
6.3-racm. Reseneratornins tuzilish cxemaci
a)
t
j) —I 1 1 1 1—»t
z) 1 1 1 ► t
i)
6.4-rasm. Regeneratorning vaqt bo'yicha ishlash printsipi
Avtomatik sath boshqarish tizimi liniya sozlagichi chiqishidagi impuls amplitudasini sozlaganligi sababli hal qilingan chegara o'zgarishsiz qoladi. XQQda tushayotgan simvollarning har bir taktidagi ta'qib impulslari XQQga tushgan laizaga, kirish signali musbat qutbga ega bo'lsa (ya'ni liniya sozlagichi chiqishidagi signal va chegara kuchlanishi orasidagi farq musbat bo'ladi) unda XQQ chiqishida, mos keluvchi chiqish impulslari shakllantirgichi (ChISh) kirishiga shakllangan impulslar tushadi (6.4.j,z-rasm). Agar ko'rsatilgan farq manfiy bo'lsa, unda XQQ chiqishida impuls shakllanmaydi. ChIShga XQQ dan impulslar tushganda, amplitudasi va davomiyligi taktli chastotaga ega bo'lgan impulsning standart ko'rinishi shakllanadi.
ChISh1 va ChISh2 liniyaga differentsial transformator orqali ulanganligi sababli (6.2-rasm), LTR2 chiqishidagi impulslar har xil qutbga ega.
Regeneratorning ishlash printsipidan ko'rinib turibdiki qachonki, shovqin qiymatlari chegara kuchlanishidan yuqori bo'lsa, regeneratsiyalashda xatolik yuzaga keladi.
|