|
1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007
|
bet | 34/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.orgNazorat savollari
Qanday sinxronizatsiya turlarini bilasiz va ularning vazifasi nimadan iborat?
Siklli sinxrosignal qabul qilgichining tuzilish sxemasini tushuntiring.
Sinxronizm buzilganda tizim qanday holatda bo'ladi?
Sinxronizatsiya signallari qanday uzatiladi?
RAQAMLI UZATISH TIZIMLARINING LINIYA TRAKTI
Liniya trakti bo'ylab raqamli signallarni uzatish xususiyatlari
Oldingi bandlardan bizga ma'lumki, analog-raqamli qurilma impuls va probel (bir va nol)lardan tashkil topgan raqamli ikkilik signallarni shakllantiradi. Bu signal, qarama-qarshi oxirgi stantsiyaning uzatish tizimiga raqamli liniya trakt (RLT)i bo'ylab uzatilishi lozim. Buning uchun yetarli darajada signallarni uzatishni ta'minlash lozim.
Raqamli liniya trakti, uzatish tizimlarining trakti kabi raqamli signal tarqaladigan muiitdan va talab darajasida sifatli uzatishni ta'minlovchi qurilmalardan iborat. Bunday tizimlarning analog tizimlaridan farqi, oxirgi stantsiyadan uzatilgan impuls ko'rinishidagi signallar, har bir oraliq pun- ktlarida barcha parametri (amplitudasi, davomiyligi va diskretizatsiyalash davri) bo'yicha qayta tiklanadi (regeneratsiyalanadi). Shuning uchun ham raqamli liniya traktining oraliq punktlari «regeneratsiyalash punktlari» nomini olgan. Quyidagi 6.1.-rasmda raqamli liniya traktining tuzilishi ko'rsatilgan.
6.1-rasm Raqamli liniya traktining tuzilishi
LTQ-liniya trakti qurilmasi uzatiladigan raqamli liniya signallarini
shakllantirish va qabul qilingan signalarni regeneratsiyalash uchun qo'llaniladi. RP-regeneratsiyalash punktlari, liniya traktining oraliq uchastkalarida raqamli signallarni regeneratsiyalashni ta'minlaydi. Har xil uzatish tizimining RLTni tuzilish xususiyatlari, raqamli signal tarqaladigan muxit (RSTM)ning signalni buzilish darajasi, shovqindan himoyalanganligi va raqamli signallarni uzatish ishonchliligini aniqlovchi fizik xossalari bilan bog'liq. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda RSTMning acosiy xossalarini, ularni signalga ta'sirini, muiitga va signalga bo'lgan talablarini qarab chiqamiz.
Raqamli signallarni uzatishda eng ko'p tarqalgan muhit elektrik (simmetrik yoki koaksial) kabellardir. Shuning uchun raqamli signallarni uzatishda kabel xarakteristikalarini ta'sirini qarab chiqamiz.
Kabelli zanjirlardagi so'nish chastota oshishi bilan o'sadi, bu, raqamli signallarning oraliq chastotalarini yuqoridan chegaralanishiga olib keladi. Xuddi shunday ta'sir, regeneratorning kirishidagi sxemaning turli elementlari tufayli ham yuzaga kelishi mumkin (masalan transformatorlar, kuchaytirgichlar). Quyidagi 6.2- rasmda zanjirning kirish va chiqishidagi ikkilik impulslar ketma-ketligining o'tkazuvchanlik oralig'ini yuqoridan chegaralangandagi holati ko'rsatilgan.
|
|
|
|
|
|
a)
|
|
|
|
|
|
|
b)
|
|
1 II III
|
t
|
1 1 1 ' 1 ” t
|
! i i i i n i
1 1 1 i 11 /К
/ ! I • u /V...
|
|
■
|
|
i г
|
|
l I I 1 д |Г 1 F t
1
|
|
|
|
—1—2-^’—
|
|
6.2-rasm. Liniya traktida, ikkilik raqamli signal shakliga oraliq chastota
chegaralanishining ta'siri
Kabelli zanjir uchastkasining kirishiga impulslar tushganda, shu zanjirda yuzaga kelgan o'zaro o'tuvchi jarayonlar, impuls frontlarining va amplitudalarining buzilishiga olib keladi. Uchastka qanchalik uzun bo'lsa, uning chiqishida impuls javobining qiymati shuncha kichik. Agar raqamli signalning oraliq chastotasi sezilarli darajada chegaralangan bo'lsa, keyingi impulsli probel tushadigan laizagacha kabelli zanjirda har bir impuls o'tganda yuzaga keluvchi jarayonlar tugab ulgurmaydi. Bu impulslarni bir-biriga ustma-ust tushishiga olib keladi, ayniqsa raqamli signalning qo'shni simvollari uchun juda sezilarlidir. Raqamli signallarning davomiyligi kengayishi hisobiga ustma-ust tushish holati simvollararo intenferentsiya nomini olgan. Simvollararo interferentsiya,
amplitudalarni o'zgarishi kabi simvollarni vaqt bo'yicha surilishiga ham olib keladi. Simmetrik kabelli zanjirlar bo'yicha tashkil qilingan liniya traktlarida, spektrning doimiy va past chastotali tashkil topuvchilarini pasaytirish hisobiga raqamli signalning oraliq chastotasini chegaralovchi moslashtiruvchi transformatorlar va kuchaytirgichlar qatnashadi. Raqamli signalning oraliq chastotasi pastdan chegaralanishining ta'siri 6.2-rasmda ko'rsatilgan. Past chastotali tashkil topuvchilarning nimjonligi, raqamli signal simvollarining qutbiga qarama-qarshi bo'lgan qutbni yuzaga keltiradi va impulsning oxirgi frontlarining manfiy qismi, impulslarning amplitudasini kamaytiruvchi simvollararo interferentsiyalarni yuzaga keltirgan holda keyingi taktli oraliqgacha cho'ziladi. Oraliq chastotalarning bunday pastdan chegaralanishi, raqamli signallarni buzilishiga va shovqindan himoyalanganlikning kamayishiga olib keladi.
Simmetrik kabellar bo'yicha tashkil qilingan raqamli liniya traktlarida o'zaro o'tuvchi shovqinlar ko'p yuzaga keladi. Signalning shovqinga ta'siri, signallarni uzatishni tashkil qilish usuligi bog'liq. Bir kabelli uzatishda, o'zaro o'tuvchi shovqinlar regeneratsiyalash uchastkalarining yaqinida, ikki kabellida esa uzoqda hosil bo'ladi. Yaqindagi o'zaro o'tuvchi shovqinlar regeneratsiyalash uchastkasining uzunligiga bog'liq emas va ko'pgina hollarda uzoqdagi o'zaro o'tuvchi shovqinlar oshadi. Yaqindagi o'zaro o'tuvchi shovqinlarning qiymati, uzatilgan signalning sathi, yaqindagi kabel juftliklari orasidagi o'zaro o'tuvchi so'nish (A0 ) va ta'sir ostida qolgan signal spektri orqali aniqlanadi.
Raqamli signalning uzatish tezligini oshishi, impulslar davomiyligini kamayishiga va oraliq chastotani kengayishiga olib keladi. Bu o'z navbatida, o'zaro o'tuvchi so'nishni kamaytiradi va shovqinni oshiradi. Bunday holatda yaqindagi himoyalanganlik kamayadi. Himoyalanganlikni mumkin bo'lgan chegarada saqlash uchun regeneratsiyalash uchastkasining uzunligini kamaytirish yoki uzatishni ikki kabelli tizimini qo'llash lozim.
Yuqori tezlikli raqamli traktlarni hosil qilishda koaksial kabellar qo'llaniladi. Bunday traktlarda chastota oshishi bilan o'zaro o'tuvchi so'nish ham oshadi. Koaksial kabellarda 1 mGts chastotada o'zaro o'tuvchi so'nish 120 dBdan kam bo'lmaydi ya'ni bunda signallarni o'tish jarayonida o'zaro o'tuvchi shovqinlar hisobga olinmaydi.
Koaksial raqamli traktlarda, kabelli zanjirlarga tok tashuvchilarning issiqlik xarakati tufayli va regenerator- larning kirish bosqichlari tufayli yuzaga keluvchi issiqlik shovqinlari acosiy hisoblanadi. Issiqlik shovqinlaridan himoyalanganlik, raqamli signalning uzatish tezligi va rengeneratsiyalash uchastkasining uzunligi orqali aniqlanadi.
Koaksial zanjirlarda simmetrik zanjirlarga nisbatan shovqin sathi ancha past.
|
| |