1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007




Download 223,88 Kb.
bet30/40
Sana13.05.2024
Hajmi223,88 Kb.
#228040
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

Notekis kvantlash

Abonent signallarining o'rtacha qiymatini o'zgarishiga bog'liq bo'lgan kvantlash xatoliklarini nisbatan tenglashtirish va kvantlash qadamlarining sonini mos holda kamaytirish uchun notekis (nochiziqli) kvantlash qo'llaniladi. Notekis kvantlashda signal satxi oshishi bilan kvantlash qadami kvantlanadigan signalning amplitudaviy qiymatini mumkin bo'lgan chegarasida o'zgaradi. Kvantlashning


nisbiy xatoligi signal satxi oshishi bilan oshadi, lekin uning nisbiy qiymati ya'ni kvantlash xatoligining signalga bo'lgan nisbati o'zgarmaydi. Notekis kvantlashni qo'llash, barcha diapazonda kirishdagi abonent signallarining o'rtacha quvvatini, kvantlash xatoligining signalga bo'lgan nisbatini to'g'rilash imkonini beradi.
a) b)

£,kv. xat

6
5
4
3
2
1
0

  1. rasm. Notekis kvantlash


  1. kvantlovchi qurilmaning amplitudaviy xarakteristikasi;


  2. kvantlash xolatoligi.


Bundan tashqari tekis kvantlash bilan solishtirganda kvantlash qadamlarining sonini 2..4 marta qisqartirish hisobiga ruxsat etilgan satxlar soni Mkv=128. . . .256 taga kamayadi, bu esa kodli guruxda ettita-sakkizta razryad talab qiladi.


Kvantlash qurilmasining notekis (nochiziqli) amplitudaviy xarakteristikasini bir necha usullar orqali olish mumkin:
-kompressor qurilmalari yordamida; kodlashdan oldin kirish signalining dinamik diapazonini kichraytirish va chiqishdagi signalni dekoderlangandan keyin ekspander qurilmalari yordamida dinamik diapozonini kengaytirish;
-raqamli kompanderlash;
-notekis kodlash va dekoderlash. Shulardan eng ko'p tarqalgani birinchi usuli hisoblanadi.
  1. rasmda dinamik diapozonni siquvchi kompressorning notekis


amplitudaviy xarakteristikasi va unga tushuvchi guruxli signallarning vaqt bo'yicha bo'laklari ko'rsatilgan.


Tekis kvantlash xarakteristikasiga ega bo'lgan koderlardan oldin kompressorlarni qo'llash, notekis kvantlashni olish imkonini beradi. Qabul qiluvchi qismda signalning Boshlang'ich dinamik diapazonini qayta tiklash uchun, amplitudaviy xarakteristikasi kompressor xarakteristikasiga teskari bo'lgan ekepanderlar qo'llaniladi (2-egri chiziq). Kompander va ekspander zanjirining yig'indi amplitudaviy xarakteristikasi (3-chiziq), to'g'ri bo'lishi lozim.

  1. rasm. Notekis kvantlash uchun kompander qurilmasini qo'llash


  1. kompanderning amplitudaviy xarakterstikasi;


  2. kompressor chiqishidagi guruxli signal.


Bunday usulning kamchiligi, kompressor va ekspanderning o'zaro teskari amplitudaviy xarateristikasini katta aniqlikda olishni juda murakkabligidir. Natijada yig'indi amplitudaviy xarakteristikaning notekisliligi tufayli uzatiladigan signallarda nochiziqli buzilishlar hosil bo'lishi mumkin.



  1. rasm. Kompander qurilmasining ulanish sxemasi.






Download 223,88 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Download 223,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007

Download 223,88 Kb.