PDH tizimlarining kamchiliklarini




Download 223,88 Kb.
bet38/40
Sana13.05.2024
Hajmi223,88 Kb.
#228040
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

PDH tizimlarining kamchiliklarini

Endi PDH tizimlarining kamchiliklarini ko'rib chiqamiz:


  • plezioxron raqamli ierarxiya tizimlarining uzatish tezliklari 2048, 8448, 34368, 139264 kbit/sga teng;


  • birinchi va boshqa sathdagi raqamli oqimlarni birlashtirishda tezliklarni sozlash uchun qo'shimcha bitlar qo'llaniladi. Bunday multipleksorlash ko'p kanalli yuqori tezlikli signallarni hosil qilishni qiyinlashtiradi;


  • PDH tizimlarida yuqori tezlikli raqamli oqimdan past tezlikli raqamli oqimni to'g'ridan-to'g'ri ajratib olish imkoni yo'q. Buning uchun liniya signalini bir necha bor o'zgartirish kerak. Bularni amalga oshirish uchun bir qancha multipleksorlar to'plami kerak bo'ladi. Bu esa, o'z navbatda, tizimni ekspluatatsiya qilishni, iizmat ko'rsatishini qiyinlashtiradi va uzatiladigan axborot sifatiga ta'sir ko'rsatadi. Masalan 140 Mbit/s tezlikdagi raqamli oqimdan 2 Mbit/s tezlikdagi raqamli oqimni ajratish jarayonini ko'rib chiqaylik (8.2-rasm). Buning uchun 140 Mbit/s tezlikli raqamli oqim MUX-140 multipleksori orqali, 34 Mbit/s tezlikli raqamli oqimlarga ajratiladi. So'ngra bu signal MUX-34 orqali 8 Mbit/sek tezlikli raqamli oqimlarga ajratiladi. Niioyat MUX-8, orqali 2 Mbit/s tezlikli raqamli oqimga ajratib olish mumkin. Agar 2 Mbit/s tezlikli raqamli oqimni yuqori tezlikdagi raqamli oqimga birlashtirmoqchi bo'lsak, yana bir necha marta xuddi shu jarayonni teskarisini amalga oshirish lozim. Bu esa, o'z navbatida uskunaviy qiyinchiliklarni, sinxronizatsiya muammolarini yuzaga keltiradi va xatoliklarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi;


  • raqamli kommutatsiya uchun kerakli bo'lgan sinxronizatsiya birinchi satxdagi signallardagina bajariladi, yuqori satxdagi raqamli signallar sinxron emas;


  • PDH tizimlari turli tipdagi kabellar, acosan mis o'tkazgichli kabellarni qo'llash uchun mo'ljallangan. Liniya traktidagi uzatish tezligi va kodlar, kabelning ishlash shartini belgilaydi. Bu parametrlar standartlashmagan va turli ishlab chiqaruvchilarda turlichadir;


  • tizimda ko'pgina o'zgartirishlar (bloklarni o'zgartirishlar yoki yoqib ulashlar) qo'l yordamida amalga oshiriladi;


  • boshqaruv va nazorat qilish qiyin, buning uchun qo'shimcha boshqaruv tarmoji va tizimni tashkil qilish kerak;


  • PDHning yana bir acosiy kamchiligi, tarmoqni avtomatik nazorat qilish va boshqaruvning deyarli yo'qligi. Bularsiz yuqori sifatli xizmat ko'rsatuvchi ishonchli tarmoqni tashkil qilish mumkin emas. PDHda uncha katta bo'lmagan iajmda bunday vositalar mavjud, lekin ular standartlashmagan. Shu sababli xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan nazorat va boshqaruv tizimlari bir-biri bilan chiqisha olmaydi.



  1. rasm. PDH acosidagi sxemada 140 Mbit/s tezlikli raqamli oqimdan 2 Mbit/s


    tezlikli raqamli oqimni ajratish usuli



    1. Download 223,88 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Download 223,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PDH tizimlarining kamchiliklarini

Download 223,88 Kb.