PDH da sinxronizatsiya va boshqarish muammolari
Kanallarni vaqtli ajratish va IKMli multipleksorlashga acoslangan, analogdan raqamliga o'tish bilan bog'liq bo'lgan telekommunikatsiyaning yangi texnologiyalari oxirgi yillarda zudlik bilan rivojlana bormoqda. Raqamli usullarni qo'llaganda multipleksor kirishdagi ketma-ketliklarni "taym-slot" (slot-vaqtli oraliq, sikl) shakllangan bir xil nomlanuvchi "n" bloklar bo'yicha (bit, bayt, bir necha baytlar) takrorlanuvchi guruxlardan tashkil topgan bitta chiqishda shakllantiradi, ya'ni multipleksorlarning acosiy vazifasi (multipleksorlash aloqachilar tilida zichlashtirish degan ma'noni anglatadi) kirishdagi iajmi bo'yicha kichik bo'lgan bir necha aloqa kanallarini, chiqishdagi bitta aloqa kanaliga uzatish uchun katta xajmli bitta kanalga birlashtirishdan iborat. Agar kirishdagi signal sifatida uzatish tezligi 64 kbit/sga teng bo'lgan DSO acosiy raqamli kanallar (ARQ)dan foydalanilsa, unda bitta multipleksor yordamida amalda nx64 kbit/sli tezlikga ega bo'lgan oqimlarni shakllantirish mumkin. Shunday bir nechta multipleksorlarni qo'llash orqali talab qilingan sathgacha, talab qilingan kanallar sonini beruvchi raqamli ierarxiyani tashkil qilish mumkin. Bunday uchta ierarxiya 80-yilarda ishlab chiqilgan edi. AQSh va Kanadada qabul qilingan bitta ierarxiyada, acosiy raqamli kanal signalining uzatish tezligi sifatida 1544 kbit/s (n=24ta, tezligi 64 kbit/s)li telefon kanallari qo'llaniladi. Yaponiyada qabul qilingan ierarxiyada acosiy raqamli kanalning tezligi uchun xuddi shu tezlikdan foydalaniladi. Evropa va Janubiy Amerikada qabul qilingan uchinchi ierarxiyada, acosiy raqamli kanal signalining uzatish tezligi 2048 kbit/s deb qabul qilingan (TCh kanallar soni n=32 teng, umuman olganda n=30), ya'ni bunda axborotli kanallar sifatida tezligi 64 kbit/s bo'lgan 30 ta TCH kanal va 64 kbit/sli 2 ta signalizatsiya kanali, boshqarish uchun qo'llaniladi. Quyidagi 8.1-jadvalda Amerika (AS), Yaponiya (YaS) va Evropa (ES) ierarxiyalarining uzatish tezliklari ko'rsatilgan.
8.1-jadval
Raqamli ierarxiya sathi
|
Turli ierarxiya sxemalariga mos keluvchi uzatish tezliklari
|
AS: 1544 kbit/s
|
YAS: 1544 kbit/s
|
ES: 2048 kbit/s
|
0
|
64
|
64
|
64
|
1
|
1544
|
1544
|
2048
|
2
|
6312
|
6312
|
8448
|
3
|
44736
|
32064
|
34368
|
4
|
-
|
97728
|
139264
|
Uchta ierarxiyani bir vaqtda parallel rivojlanishi dunyoda global telekommunikatsiyani rivojlanishini amalga oshira olmadi.
Bundan tashqari, raqamli oqimlarning tezligini tenglashtirish uchun qo'shimcha bitlardan foydalanishga to'g'ri keldi. Yana bir murakkab tomoni shundan iboratki, tarmoqda oqimlarni nazorat qilish va boshqarish maqsadida iizmat kanallarini tashkil qilish imkoniyatining sustligi va tarmoqda berilganlarni uzatish uchun juda muiim bo'lgan pastki multipleksorlangan oqimlarni marshrutizator vositalarini to'liq yo'qligi. Chunki standartda sarlovxa uchun lozim bo'lgan me'yordagi marshrutlashtirish qarab chiqilmagan. Bunday maxsus marshrutizator vositalarining yo'qligi natijasida, PDHning freym va multifreymlarini shakllanish jarayonida xatoliklarni yuzaga kelishi oshadi va axborotlarni yo'qolishiga olib keladi. Natijada uzatish tizimlari orasidagi sinxronizatsiya buzilishi mumkin va axborotlarni uzatish imkoniyati bo'lmaydi.
PDH tizimlari o'zlarining qator kamchiliklari bilan hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan tarmoqlar yaratishga imkon bermaydi. Shu sababli sinxron raqamli ierarxiyaga o'tish ushbu muammolarni echishda katta ahamiyat kasb etadi.
|