Sinxrosignal qabul qilgichi




Download 223,88 Kb.
bet33/40
Sana13.05.2024
Hajmi223,88 Kb.
#228040
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

Sinxrosignal qabul qilgichi

Siklli va yuqori siklli sinxronizatsiya qurilmasi uzatuvchi stantsiyada sinxrosignal shaklantirgichidan va qabul qiluvchi stantsiyada sinxrosignal qabul qilgichidan tashkil topgan.


Shakllantirgich, vaqtli birlashtiruvchi qurilma orqali guruhli raqamli traktga kiritiluvchi sinxrosignallarni tanlangan tuzilishini shakllantiradi.
Shakllantirgichning sxemasi quyidagi 5.2.- rasmda ko'rsatilgan.
Birlashtiruvchi qurilmaga
Y t
yoki
// //


GQ

viiniwr»hi ramctr

uzatdan



S str



  1. rasm. Shakllantirgich sxemasi


Registr, yacheykalarning sonini va kalitlarning ulanish tartibini o'zgartirib, kerakli bo'lgan tuzilishdagi kodli guruhlarni shakllantirishi mumkin. Shakllantirgichning davriy ulanishini GQ uzat aniqlaydi.


Sinxrosignal qabul qilgichi uzatish tizimining siklli va yuqori siklli sinxronizm holatini nazorat qilishni amalga oshiradi, apparatura ulanishida va ishlash jarayonida sinxronizm buzilganda tizimning sinxronizmga kirishini ta'minlaydi.
Sinxrosignal qabul qilgichining ishlash printsipini sirpanib izlovchi va bir razryadli surilishga ega bo'lgan qabul qilgich misolida qarab chiqamiz. (IKM-30 tizimlarida qo'llaniladi). Bu yerda siklli sinxronizm holatining nazorati, liniyadan tushgan va qabul qiluvchi qismdagi generator qurilmasi (GQq.q.) ishlab chiqqan sinxrosignal simvollarini vaqt bo'yicha mos tushishini tekshirish orqali amalga oshadi.

  1. rasm. Siklli sinxrosignal qabul qilgichining tuzilish sxemasi


Siklli sinxronizatsiya qabul qilgichi, (5.3-rasm) aniqlovchidan, analizatordan va hal qiluvchi qurilmadan iborat. Sinxrosignal aniqlovchisi, qabul qilingan IKM signaldan sinxroguruhlarni ajratib olish uchun xizmat qiladi va suruvchi registr (SR)dan, deshifrator (DSh)dan (ko'p kirishli, mos tushuvchi I sxemasi deb tasavvur qilinadigan) iborat. Sinxrosignal analizatori “YO'Q“ va “I2” login yacheykasidan iborat bo'lib, ular DSh chiqishiga va I1 sxemasi orqali GQqq ga ulangan. Hal qiluvchi qurilma sinxronizmdan chiqqan ma'lumotlarni yig'uvchidan, sinxronizmga kirish haqidagi ma'lumotlarni yig'uvchidan va I3 logik yacheykasidan iborat.


Ma'lum bir tuzilishli sinxrosignal, aniqlovchidagi registrga tushganda u ishga tushadi va DSh sxemasining chiqishida yakka signal shakllanadi. Analizatorda bu signalning paydo bo'lgan laizasi va I1 sxemasi orqali GQqq dan berilgan signal laizasi solishtiriladi.
Agar bu signallarning hosil bo'lgan laizalari bir-biriga mos tushsa, unda analizator sinxronizm mavjud, degan xulosaga keladi. Bunda “YO'Q” sxemasining chiqishida signal, YO'Q, I2 sxemasining chiqishida esa, sinxrosignalni aniqlangan laizaga mos keluvchi signal shakllanadi. Bu signalning paydo bo'lishi, «sinxronizmga kirish» ma'lumotlarini yig'uvchini to'lishiga va sinxronizmdan chiqish ma'lumotlarini yig'uvchini nolinchi holatga qaytishiga olib keladi.
Sinxrosignalga o'xshash raqamli ketma-ketliklar I1 sxemasining chiqishidagi signal bilan vaqt bo'yicha mos tushmaydi va shuning uchun ham to'lish jarayonida qatnashmaydi. Agar sinxronizm bir nechta keyingi ketama-ket sikllarda bo'lmasa (IKM-30 da 4 ta siklda), «sinxronizmdan chiqish» ma'lumotlarini yig'uvchi to'ladi va I3 sxemasi orqali GQqqga taqiqlovchi signalni beradi. Bu signalni olishi bilan GQqqning bo'luvchisining ishi va signalni dekoderlash to'xtatiladi.
Keyingi aniqlash natijasi xuddi shu pozitsiyada, lekin keyingi siklda amalga oshiriladi. Agar ikkinchi marta aniqlanganda shu pozitsiyalarda yoljon sinxroguruhlar shakllanmasa, unda I1 sxemasi chiqishidagi signal, sinxronizmdan chiqish ma'lumotlarini yig'uvchini to'ldiradi, I3 sxemasi esa GQqqga ta'qiqlovchi signalni jo'natadi va tizim sinxronizmni izlash rejimiga o'tadi. Agar biror pozitsiyada yoljon sinxro- guruhlar 2 marta (xuddi shu pozitsiyani o'zida) ketma- ket paydo bo'lsa, unda DSh chiqishidagi signal, I3 sxemaning chiqishida signalni paydo bo'lishiga olib keladi, sinxronizmga kirish bo'yicha ma'lumotlarni yig'uvchi to'ladi va sinxronizmdan chiqish bo'yicha ma'lumotlarni yig'uvchi nolinchi holatga qaytadi. Signalni aniqlash jarayoni yana sinxronizmdan chiqish bo'yicha ma'lumotlar yig'uvchi to'lgunga qadar davom etadi. (tugamaydi). hal qiluvchi qurilma aivolga qarab, bir nechta xatolik signallari ketma-ket tushgandan keyin sinxronizm yo'qoldi degan xulosaga keladi, ya'ni sinxrosignallar qisqa muddat buzilganda, tizimni sinxronizmdan chiqishdan saqlaydi.
YUqori siklli sinxronizatsiya qabul qilgichining ishlash printsipi yuqorida yozilganlar bilan bir xil. Lekin shuniyam nazarda tutish lozimki, yuqori siklli sinxronizmni izlash siklli sinxronizm qayta tiklangandan keyin amalga oshadi.

Download 223,88 Kb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Download 223,88 Kb.