KANALLARI VAQT BO'YICHA AJRATILGAN UZATISH
TIZIMLARINING TUZILISH PRINSIPI
AIM signalining xususiyatlari
Hozirgi paytda elektr aloqada raqamli usulda signallarni uzatish juda ko'p qo'llaniladi. Chunki u analog usulga nisbatan qo'yidagicha bir qancha afzalliklarga ega:
shovqindan himoyalanganlikning yuqoriligi, bu acosan ruxsat etilgan sathlarning soni kam bo'lgan kodlarni qo'llash bilan bog'liq. Raqamli uzatish tizim (RUT)larining yuqori shovqinbardoshliligi, shovqin sathi yuqoriligi tufayli analog uzatish tizim (AUT)lari ishlay olmaydigan aloqa liniyasidan foydalana olish imkonini beradi. Bu quyidagilar bilan bog'liq:
aloqa sifatini liniya uzunligini bog'liq emasligi. Bu raqamli signallarni regeneratsiyalash hisobiga amalga oshadi. Raqamli shaklda amalga oshuvchi tranzitlar xam amalda aloqa sifatini pasaytirmaydi;
diskret axborotlarni uzatishda RUT kanallarini qo'llashning yuqori samaradorligi. hozirgi paytda RUTlar orqali o'zining fizik tabiatiga ega bo'lgan juda ko'p diskret oqimlarni uzatish mumkin. Bunda raqamli signallar kanalning past chastotali tugallanishini chetlab o'tgan holda to'g'ridan-to'g'ri gruili traktga kirgiziladi. RUTlarda bitta telefon kanalining o'rniga 50-60 Kbit/s li raqamli oqimlarni uzatish mumkin, AUTlarda esa bitta TCh kanalda 10 Kbit/s dan oshmagan tezlikdagi oqimni uzatish mumkin;
integral raqamli tarmoqlarni tuzish im koniyati integral aloqa tarmoqlarini qurishda, RUTlari va raqamli signallarni kommutatsiyalash tizimlari acosiy hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda tranzit va kommutatsiyalash raqamli usulda amalga oshadi. Raqamli tarmoqlarda barcha apparatura majmualarida yuqori integratsiyalash darajasiga ega bo'lgan integral sxemalar bazasidan foydalaniladi. Yuqori chidamlilikga ega bo'lgan va bir xil printsipda tuzilgan qurilmalarni qo'llash, tarmoqni boshqarish va uning holatini nazorat qilish, ajratilgan tarmoqning barcha operatsiyalarini yuqori darajada avtomatlashtirish bilan bog'liq bo'lgan masalalarni tarmoqning chidamliligini va mustaxkamligini tashkil qilishni ta'minlaydi. RUTlarning eng acosiy kamchiligidan biri, uning keng oraliqligidir. Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan AUTlarda bitta TCh kanalni uzatish uchun 4 kGts ajratiladi. Shuning uchun N-kanalli tizimlarning guruhli signalini chastota spektrini kengligi: AFkchba=4^N kGts. IKMli RUTlarda guruhli signal spektrining kengligi taxminan taktli chastotaga teng. AFIKM=ftfg^m^N. Mavjud RUTlarda telefon signallari uchun fg=8 kGts ga teng.
Demak AAgr q =2048^8^T.64/N=16 marta, ya'ni guruhli IKM signalining chastota spektrini kengligi AUTlarga nisbatan taxminan 16 marta keng. Shuning uchun RUTlarining liniya traktidagi oraliq punktlarini, AUTlarinikiga nisbatan yaqinroq joylashtirish lozim. Bunda liniya traktini narxi oshadi (kuchaytirgich punktlarining soni ko'paygani xisobiga), lekin RUTlarning oxirgi qurilmalari murakkab va qimmatbaio filtrlardan iborat emas va uning qurilmalari
AUTlarnikiga nisbatan arzon. Shuning uchun bunday uzatish tizimlari barcha aloqa tarmoqlarida keng tarqalgan.
Endi uzluksiz ko'rinishdagi signallarni raqamli signal ko'rinishga o'tkazish usullarini qarab chiqamiz. Analog (uzluksiz) signaldan raqamli signalga o'tish uchun 3 ta operatsiya amalga oshiriladi:
diskretizatsiyalash;
diskret impulslarni kvantlash;
kvantlangan qiymatlarni kodlash.
Signallarni vaqt bo'yicha diskretizatsiyalash jarayoni Kotelnikov teoremasiga acosan amalga oshiriladi. fn-fyu (fn-signalning past chastotasi, fyu- signalning yuqori chastotasi) chastota oralig'ida diskretizatsiyalangan amplitudaviy impulsli modulyatsiya (AIM) signallarining spektri, fn-fyu oraliqda diskretizatsiyalanadigan signalning tashkil topuvchilaridan va diskretizatsiyalash chatotasi garmonikalarining oraliq chastotalaridan (birinchi garmonikani hisobga olmaganda) iborat.
fn
fyu fg-fyu
fg fg+ fyu fg2-fyu2 fg
4.1 rasm. Diskretizatsiyalangan signalning tashkil topuvchilari
AIM signalining chastota spektrini qarab chiqib shuni aytish mumkinki, 0 f yu o'tkazuvchanlik oralig'iga ega bo'lgan past chastotali filtr (PChF) yordamida uni osongina demoduyatsiyalash mumkin. Haqiqatdan ham, bu filtr AIM signalni past chastotali tashkil topuvchilarini o'tkazadi. Odatda demodulyatsiyalash jarayonida shovqinlar hosil bo'lmasligining iloji yo'q.
a -rasmdan ko'rinib turibdiki, fg>2Fyu da past yon chastotaning past chegarada va birlamchi signal spektrining yuqori chegarasi orasida f=(fg-fyu)-fyu=fg-2fyu oraliq chastota qoladi. Bunday holatda AIM signal spektridan birlamchi signal spektrini ajratib olish imkoni bor.
fg
=2F
yu
a)
4.2 - rasm.
Yuqoridagi 4.2.a-rasmda fg=2Fyu holatga mos keluvchi spektral diagramma ko'rsatilgan. Bu diagrammada Boshlang'ich signalni AIM signal spektridan ajratib olish qiyin. Uni faqatgina ideal PChF orqaligina ajratib olish mumkin. Lekin
bunday filtrlarning boshqa o'tkazuvchanlik oralig'idagi so'nish cheksiz darajada katta bo'lganligi tufayli qo'llanilmaydi. fg<2Fyu da esa (4.2-b-rasm) birlamchi signal spektri va past yon chastotatalar spektri bir-birini berkitadi, shuning uchun ham bunday holatda AIM signalni buzilishsiz demodulyasiyalashning iloji yo'q. Amalda diskretizatsiyalash chastotasi F g=(2,15 2,4)f yu shartiga binoan
tanlanadi. Bu esa amalda uncha murakkab bo'lmagan va qimmat past chastotali filtr yordamida buzilishsiz demodulyatsiyalashni ta'minlaydi. Elektron kalitlar chiqishidagi diskretizatsiyalangan signallar AIM-1 (birinchi tartibli AIM signallar) deb nomlanadi. AIM-1da impulslarning yuqori qismi Boshlang'ich signalning sinusoidal qonuni bo'yicha o'zgaradi. Aloqa texnikasida yuqori qismi tekis xoldagi ikkinchi tartibli AIM (AIM-II) signallari ko'p qo'llaniladi. Bunday signallarda birlamchi signallarning yuqori chastotali tashkil topuvchilari pasaytiriladi.
2fyu>
|