• K-300 uzatish tizimi
  • K-60 P uzatish tizimi
  • 1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007




    Download 223,88 Kb.
    bet24/40
    Sana13.05.2024
    Hajmi223,88 Kb.
    #228040
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
    Bog'liq
    Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

    K-1920 P uzatish tizimi, kabelning ikki juftligi orqali 1920 TCHK yoki 30 TChK va ovozli eshittirishga ega bo'lgan TV kanalini uzatish imkoniga ega. Tizimning liniya spektri 312-8544 kGts, aloqa masofasining uzunligi 12,5 ming km. TCh bo'yicha qabul qilib uzatuvchi uchastkaning maksimal uzunligi 1500 km.
    Yuqoridagi ko'rsatilgan aloqa masofasini XTQKP va XTQyKP lari ta'minlaydi. Ikkita XTQKP orasidagi masofa KM-4 kabelini qo'llanganda 246 kmdan, km-8/6 kabelini qo'llaganda esa 186 kmdan oshmasligi lozim. Taklif qilingan kuchaytirgich uchastkalarining uzunligi 6 ± 0,15 km ga teng. Bu tizimda acosiy va sozlovchi XTQyKPlari qo'llaniladi. Har to'rtinchi (t= ± 12,5 0S), har oltinchi
    (t=±9 0S) yoki har sakkizinchi (t=±6,5 0S) XTQyKPlar sozlovchi hisoblanadi (XTQKP orasida).
    K-300 uzatish tizimi, ikkita koaksial juftlik orqali 300 TChK ni hosil qilish imkoniga ega. K-300 ning liniya spektri 60-1300 kGts, aloqaning maksimal uzunligi 12500 km kanallarni tarqatish maqsadida magistral bo'ylab uchta ikkilamchi guruhni ajratish imkoni qarab chiqilgan. XTQKlari orasidagi masofa 246 kmdan oshmasligi lozim. Taklif qilingan kuchaytirgich qurilmasining uzunligi 6 km. Sektsiyadagi XTQyKPlarining soni 40ga teng. Bu tizimda 3 turdagi: tuproq xarorati bo'yicha ishlovchi ASB qurilmaga, nazorat chastota bo'yicha ishlovchi ASB qurilmaga va amplituda chastotaviy xarakteristikasini sozlovchi qurilmaga ega bo'lgan XTQyKPlardan foydalaniladi. Sozlovchi XTQyKPlari har 60 km, 90 kmdan joylashtiriladi.
    Barcha oxirgi puktlarda va XTQKPlarda ikki chastotali o'zgaruvchan ASB qurilmasi qo'llaniladi.
    K-60 P uzatish tizimi 12...252 kGts chastota spektrida simmetrik kabel bo'yicha ishlaydi. Tizimning kanallari orasidagi aniq o'zaro o'tishlarni yo'qotish uchun bitta to'rtlikka ega bo'lgan kabel qo'llaniladi. Bunda bitta uzatish tizimining liniya spektri acosiga mos keladigan holda, ikkinchisi esa invertsiyalangan holda qo'lla-niladi. Aloqaning maksimal uzunligi 12500 kmga, TCH bo'yicha qabul qilib uzatuvchi uchastkaning uzunligi 2500 kmga teng. K-60 P uzatish tizimida ikki va uch chastotali o'zgaruvchan ASB qurilmasiga ega bo'lgan XTQKP qo'llaniladi. Ikki chastotali XTQKP orasida maksimal aloqa masofasi 300 km, uch chastotalida esa 600 kmni tashkil qiladi. Ikkita XTQKP orasida masofadan ta'minot oluvchi 12 tagacha XTQyKPni joylashtirish mumkin. Kuchaytirgich uchastkalari orasidagi masofa 19,4 km ga teng. Barcha XTQyKPlari chastotaga bojlagan, tuproq harorati bo'yicha ishlovchi ASB qurilmasiga ega.



    1. Download 223,88 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




    Download 223,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007

    Download 223,88 Kb.