Chiziqli o'zaro o'tuvchi shovqinlar va ular bilan kurashish
usullari
Chiziqli o'zaro o'tuvchi shovqinlarni, parallel zanjirlarda bir xil nomga ega bo'lgan kanallar bo'ylab signallarni uzatish natijasida yuzaga keluvchi shovqinlar deb tasavvur qilish mumkin. Parallel zanjirlar orasidagi o'zaro o'tuvchi
shovqinlarni (ta'sirlar) hosil bo'lishining acosiy sababi, shu zanjirlarning simlari orasidagi induktiv va sijimli aloqaning mavjudligidir. Bundan tashqari, o'zaro o'tuvchi shovqinlar aloqa liniyasi konstruktsiyasining bir xil emasligi, yuklamalarning mos kelmasligi va uchinchi zanjirning ta'siri orqali aniqlanadi. O'zaro o'tuvchi shovqin (ta'sir)lar quyidagilarga bo'linadi: yaqindagi o'zaro o'tishlar, uzoqdagi o'zaro o'tishlar.
Yaqin va uzoqdagi o'zaro o'tishlar quyidagi 3.4-rasmda ko'rsatilgan:
Ruzat
Ruzat
Ruzat
Ac b)
Ruzat
3.4-rasm. Yaqin va uzoqdagi o'zaro o'tishlar
Agar birorta parallel zanjirga ulangan energiya manbai va boshqa parallel zanjirga ulangan energiya qabul qiluvchisi bitta punktda joylashgan bo'lsa, bunday ta'sirga yaqindagi o'zaro o'tishuvchi shovqinlar (ta'sirlar) deyiladi.
Agar zanjirga ulangan manba va qabul qilgich xar xil punktlarda joylashgan bo'lsa, bunday ta'sirlarga uzoqdagi o'zaro o'tuvchi shovqinlar (ta'sirlar) deyiladi. Uzoqdagi o'zaro o'tuvchi so'nishlar (Ae) xar doim yaqindagi o'zaro o'tuvchi so'nishlardan katta bo'lgan Ae>Ao va shuncha mos holda uzoqdagi himoyalanganlik yaqindagi himoyalanganlikdan katta bo'ladi: Axe>Axo.
AO’o =Ao-Ax- A r ,dB
Ao'e =Ae-Ax- A r, dB
A =Ruzat2-Ruzat1 .
Bu yerda: Ao-yaqindagi so'nish; Ae-uzoqdagi so'nish;
al-liniyadagi so'nish;
Ruzat 1-ta'sir qiluvchi zanjirga ulangan uzatuvchi kuchaytirgich chiqishidagi satx.
Ruzat 2-ta'sir ostida qolgan uzatuvchi kuchaytirgich chiqishidagi satx. Shuning uchun zichlashtiruvchi apparatura shunday tuzilishi kerakki, amalda faqatgina yaqin tugallanishdagi ta'sirlar hisobga olinsin.
Shularni nazarda tutgan holda simmetrik kabel zanjirlari bo'yicha tashkil qilinuvchi yuqori chastotali aloqada ikki kabelli aloqa tizimlari qo'llaniladi. Bunday tizimlarda qarama-qarshi tomonlarning uzatish yo'nalishlaridagi juftliklar, turli kabellarda joylashtiriladi. Yaqindagi lozim bo'lgan o'zaro o'tuvchi so'nishlar (140db dan kam bo'lmagan) kabelning ekranlashtirilgan qobiji hisobiga amalga oshiriladi. Parallel havo aloqa liniyalari orqali tashkil qilinuvchi yaqindagi o'zaro o'tuvchi ta'sirlarni yo'qotish uchun signallarni bir xil oraliq chastotada uzatish lozim (bir yo'nalishda). Shuning uchun 12 kanalli zichlashtiruvchi apparaturaning yuqori chastotali guruxi (92-143 kGts) va 3 kanalli zichlashtiruvchi apparaturaning past chastotali guruxi (4-16kGts) shimol-janub va jarb-sharq yo'nalishi bo'yicha uzatiladi, 12 kanalli zichlashtiruvchi apparaturanig past chastotali guruxi (36-84 kGts) va 3 kanalli zichlashtiruvchi apparaturaning yuqori chastotali guruxi (18- 31kGts) teskari yo'nalishda uzatiladi. Uzatish yo'nalishini bunday tashkil qilinishi, ko'p kanalli tizimlarni bitta zanjir bo'ylab birgalikda ishlashi uchun sharoit yaratadi.
Uzoq tugallanishdagi o'zaro o'tuvchi ta'sirlardan himoyalanganlikni oshirish uchun, parallel zanjirlarning bir xil nomlanadigan kanallarida quyidagicha shartlar bajarilishi lozim:
Apparaturaning kirish qarshiligi liniyaning to'lqinli qarshiligi bilan moslashgan bo'lishi lozim. Aks holda, aks qaytgan to'lqinlarning yuzaga kelishi tufayli o'zaro ta'sir qiluvchi shovqinlar zudlik bilan oshadi. Liniyaning to'lqinlari qarshiligini mos kelish darajasi (Zl) va apparaturaning kirish qarshiligi (Za) aks qaytish koeffitsienti yordamida baholanadi.
I Za-Zl |
R= J
| Za+Zl |
Ta'sir qiluvchi va ta'sir ostida qolgan kanallarni uzatish sathlarining farqi AR, 2-3 dbdan oshmasligi lozim. Agar o'zaro o'tuvchi gaplashishlarning himoyalanganligi yetarli bo'lmasa, unda quyidagi usullardan foydalaniladi: chastotalar inversiyasi; parallel zanjirlarda bir xil nomlanuvchi kanallarni oraliq chastotalarini surish.
Parallel zanjirlarda bir xil nomlangan kanallarning oraliq chastotalari inversiyasida, liniya spektri bir xil chegaraga ega bo'ladi, lekin turli tashuvchi chastotalarga ega bo'lgan past va yuqori yon oraliqlarga mosdir. Bunday holatda o'zaro o'tuvchi toklar birgalikda joylashadi, aloiida chastota tashkil topuvchilari qabul qiluvchi qismda o'zgartirgandan keyin tashuvchi chastota qiymatlari xar xil bo'lganligi tufayli teskari bo'ladi, ya'ni chastota bo'yicha yuqori bo'lgan Boshlang'ich signalning tashkil topuvchisi past chastotali tashkil topuvchiga o'zgaradi va teskarisi, ya'ni o'zaro o'tuvchi gaplashishlarning aniqligi yo'qoladi.
a)
b)
F1
F1
f2-f1=f4-f4
-rasm. Oraliq chastotalar inversiyasi va surilgan holati
Parellel zanjirlarda bir xil nomlangan kanallar bo'yicha oraliq chastotalarni surishda, tashuvchilarni bir-birisiga nisbatan surish yordamida hosil bo'lgan bir xil kenglikdagi oraliq chastotalar uzatiladi (3.5.b-rasm). Bunday holda, qabul qiluvchi qismda ta'sir ostida qolgan kanalda turli tashuvchi chastotalar natijasida o'zaro o'tuvchi tok tashkil topuvchilarining bir qismigina paydo bo'ladi. Shuning uchun o'zaro o'tuvchi gaplashishlar noaniq shovqinlarga o'zgaradi. Bu o'zaro o'tuvi toklarning energiyasini bir qismigina o'tgani uchun kamayadi.
Inversiya va chastota oraliqlarini surish usullarini bir vaqtda qo'llasa xam bo'ladi.
|