|
1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007
|
bet | 16/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.orgK=1
о 1
+f (-1)k Ik (mf) ^М+к(^+фП)]}; (3.5)
r=1
UFM(t)=Uro {Io(mf)cos(o^f)+
+Е Ik(mg,)cos[rnt+ фю+к(Ог+фп+л/2) ]+
К=1
+ Е (-1)кIk (тф') cosl6';t+ фи:,+к(Н/+фо+п/2)|}, (3.6).
К=1
Bu yerda: Ik (mf), Ik(mw) - k - tartibli Bessel funktsiyasi. (4.4) formuladan ko'rinib turibdiki, amplitudaviy modulyatsiyada modulyatsiyalangan tebranish, tashuvchi chastota tebranishidan (a) va 2 ta yon chastota (a + q) tebranishidan iborat bo'lgan diskret spektrga ega. (3.5) va (3.6) formulalardan ko'rinib turibdiki, FM va CHMda modulyatsiyalangan signal faqatgina Boshlang'ich fazasi va modulyatsiyalash indeksi bilan farq qiladi. (3.4) formuladan ko'rinib turibdiki amplitudaviy modulyatsiyada, modulyatsiyalangan tebranish tashuvchi chastota tebranishidan (a) va ikkita yon chastota tebranishidan, tashuvchi chastotaga nisbatan simmetrik joylashgan past va yuqori oraliq chastota spektrlaridan iborat bo'lgan cheksiz diskret tashkil topuvchilarga ega. Bu tashkil topuvchilarning amplitudasi modulyatsiyalash indeksiga bog'liq. Modulyatsiyalash indeksi qancha kichik bo'lsa, modulyatsiyalangan tebranishni uzatish uchun lozim bo'lgan chastota oralig'i shuncha kichkina. FM va ChM ning kam modulyatsiyalash indekslari xuddi amplitudaviy modulyatsiyaga o'xshab kichkina, lekin ularning shovqindan himoyalanganligi, kichik modulyatsiyalash indeksida juda kichkina. Shuning uchun ham simli aloqa liniyalariga ega bo'lgan KChBA UTda kanal signallarini shakllantirish uchun amplitudaviy modulyatsiyadan foydalaniladi. Chunki u yuqori shovqinbardoshli va tor uzatish oralig'iga ega. Radiorele va fazoviy uzatish tizimlarida, liniyadagi shovqin sathi ancha kichik bo'lganligi tufayli ChM va FM qo'llaniladi. Bundan tashqari FM va ChM larni diskret va telefon signallarini uzatish tizimlarida yoki ChMni TCh kanallar bo'yicha faksimal signallarni uzatish tizimlarida qo'llash mumkin. Amplitudaviy modulyatsiyalangan kanal signallarini shakllantirishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: -ikki oraliq yon chastota va tashuvchi;
-ikki oraliq yon chastota tashuvchisiz; -bir oraliq yon chastota va tashuvchi; -bir oraliq yon chastota tashuvchisiz;
-bir oraliq yon chastota va ikkinchi oraliq yon chastotani bir qismini uzatish.
Simli aloqa liniyalariga ega bo'lgan KChBA UT da bir oraliq yon chastotaga ega bo'lgan (tashuvchisiz) amplitudaviy modulyatsiyadan foydalaniladi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, kanallari chastota bo'yicha ajratilgan usulda har bir kanal signali uchun alohida oraliq chastota ajratiladi. Berilgan birlamchi N kanal signallari umumiy holatda bir-biridan farq qilmaydi va bu signallarni bir vaqtning o'zida bitta liniyaga uzatib bo'lmaydi. Shuning uchun ko'p kanalli tizimlarni tuzishda uzatuvchi qismda birlamchi signallarni bir-biridan farqli, bir- biriga halaqit bermaydigan ravishda uzatish va qabul qiluvchi qismda ularni ajratib, Boshlang'ich signalga qaytish masalasi qarab chiqilgan.
Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlarida quyidagi shartlar bajariladi:
-birlamchi signal (0,3-3,4)ga kanal signali deb aytiluvchi shakl berish va farq qilishini ta'minlash (ya'ni kanal signallari birlamchi signalda barcha axborotga ega bo'lishi va bir vaqtning o'zida boshqa kanal signallari ham biri- birisidan farq qilishi);
-kanal signallarini guruhli signalga birlashtirish va uni bitta fizik zanjir orqali iloji boricha kam buzilishli holda uzatish;
-qabul qiluvchi qismda kanal signalini guruhli signal tarkibidan ajratib olish;
-kanal signallaridan Boshlang'ich signalni qayta tiklash lozim. KChBA UT larining tuzilish sxemasi quyidagi 3.1-rasmda ko'rsatilgan:
3.1-rasm. KChBA UT larining tuzilish sxemasi
Bu yerda: S1 (t).. ,.SN (t)-birlamchi signallar;
U1(t) UN(t)1-kanal signallari;
Ugr (t)-liniyadagi guruhli signal;
S*i(t).. S*N(t)-birmuncha buzilishga ega bo'lgan signal;
¥ 1(t) ¥ N(t)-tashuvchi chastotalar;
Mi...M N -modulyatsiyalovchi qurilma;
— - kanal signallarini yig'uvchi qurilma;
A1...AN-kanal signallarini ajratuvchi qurilma;
D1.. D N-demodulyator.
Birlamchi signal (S1(t).. SN(t))lar modulyatsiyalovchi qurilma
(M1 MN)da, tashuvchi chastota (¥1(t). .¥N)lar yordamida kanal signallariga o'zgartiriladi yig'uvchi qurilma (- )da barcha kanal signallari yig'ilib, bir-biridan chastota diapozoni bilan farq qiluvchi guruhli signal hosil bo'ladi. Guruhli signalning xarakteristika va parametrlari shunday bo'lishi kerakki, signal liniya traktidan o'tganda buzilmasin. Qabul qiluvchi qismda ajratuvchi qurilma (A1...AN)lar yordamida liniyadan tushgan guruhli signallar tarkibidan har bir kanalning signali ajratib olinadi. Kanal signallarini birlamchi signalga o'zgartirish -demodulyator (D1 DN)larda amalga oshadi. Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlarida, kanal signallari bir-birisidan yuqorida aytib o'tilganidek chastota diapozonida ma'lum bir chastota oralig'i bilan farq qiladi.
Tashuvchi chastota sifatida turli chastotalarga ega bo'lgan gormonikali tebranishlardan foydalaniladi.
|
| |