|
1-qism (o'quv qo'llanma) Toshkent-2007
|
bet | 12/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 223,88 Kb. | | #228040 |
Bog'liq Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.orgDifferentsial qurilma
Ikki simli yakunlanishga ega bo'lgan TCh kanallarda ajratuvchi qurilma sifatida differentsial qurilmalar qo'llaniladi. Differentsial qurilmalar kanalga moslashtirilgan holda ulanishi va aloiida kuchaytiruvchi yo'nalishlar orasida katta so'nishni ta'minlashi lozim. Shuning uchun diffirentsial qurilmalarni xususiyatlariga qarab chiqilganda har xil uzatish yo'nalishidagi so'nishni hisobga olish lozim. Differentsial qurilmalar differentsial transformatorlar yoki ko'priksimon sxemalar yordamida qurilishi mumkin. Ko'p kanalli uzatish tizimlarida transformatorli differentsial tizimlar keng qo'llaniladi.
3
|
bir tomonlama
|
|
r- 7
|
bog'lanuvchi
|
|
XX XX - x-x 3
|
kanal
|
|
>
Ikki simli
maxalliy
zanjir
1
n
|
4e
|
bir tomonlama bog'lanuvchi
|
|
4’
|
kanal
|
1
rasm. Transformatorli differentsial tizim
Ikkita qarama-qarshi bir tomonlama kanallar ulangan differentsial tizimning 3-3' va 4-4' qisqichlari, ko'prik diagonallari hisoblanadi. Ko'prikning bir yelkasi (1-1')ga ikki simli mahaliy zanjir ulanadi. Boshqa yelkasiga esa (2-2') muvozanat konturi ulanadi (Z2 qarshilik shunday tanlanadiki, natijada ko'prik qarshiliklari tenglashadi). Bunday holda signal birorta bir tomonlama kanal chiqishidan boshqa kirishiga tushmaydi, ya'ni qarama-qarshi uzatish yo'nalishi bir-biriga bog'liq bo'lmaydi.
Differentsial qurilmalar, transformatsiyalash koefitsien- ti (m)ga bog'liq holda teng yelkali va teng yelkali bo'lmagan DQ larga bo'linadi. Agar m=1 bo'lganda, differentsial qurilma teng yelkali, m/1 bo'lganda esa teng yelkali bo'lmagan differentsial qurilma deyiladi. Shuniyam aytish joizki, DQlar uzatish tizimlarida nafaqat ikki simli TCh kanallarning yakunlanishida, balki filtrlarni paralel ulashda, traktga nazorat va o'lchov chastotalarini kiritishda ham qo'llaniladi. Ikki simli TCh kanallarni tashkil qilishda teng yelkali DQlar qo'llaniladi (m=1). Bunday DQ larda signalni uzatish yo'nalishidagi so'nish 3 dB, signal uzatilmaydigan yo'nalishda esa tashkil topadi. Shuning uchun bunday DQlardan uzoq masofalarga aloqa o'rnatishda foydalanish mumkin. Mahalliy tarmoqlarda qo'llaniladigan uzatish tizimlarida ayrim hollarda rezistorli DQlar qo'llaniladi (2.11-rasm).
3
3'
Z3
2
rasm. Rezistorli DQ
Bunday tizimlarda signalni uzatish yo'nalishidagi so'nish 6 dBni tashkil etadi. Signalni uzatish yo'nalishidagi so'nish 2 barobar ko'p bo'lganligi tufayli bunday DQ larni qo'llash cheklangan.
|
| |