Signallarni ikki tomonlama uzatish




Download 223,88 Kb.
bet11/40
Sana13.05.2024
Hajmi223,88 Kb.
#228040
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

Signallarni ikki tomonlama uzatish

Ikki punkt orasida aloqa o'rnatish uchun ikkita yo'nalishda ham signalni uzatishga to'g'ri keladi. Ayniqsa, bunday kanallar telefon aloqasida qo'llaniladi. CHunki ikki tomonlama kanallar abonentlar orasida o'zaro uzluksiz munosabatni ta'minlash imkonini beradi. Bunday kanallar ikkita qarama-qarshi yo'nalishdagi bir tomonlama kanallardan tashkil topadi.


Har xil yo'nalishdagi kanal signallarini uzatish, ikkita har xil yo'nalishga ega bo'lgan kanallarda amalga oshganligi sababli, bunday usulda tashkil qilingan TCh kanallar 4 simli hisoblanadi va unga TCh kanalning 4 simli yakunlanishi deyiladi.
>

  1. rasm. Qarama-qarshi yo'nalishdagi ikkita bir tomonlama bog'langan kanallar


TCh kanallarning mahaliy tarmoqlarini ikki simli qismiga ulanganda ajratuvchi qurilmalardan foydalaniladi. TCh kanalning bunday oxiri ikki simli yakunlanish deyiladi.


-7


-0

  1. rasm. Signallarni ikki tomonlama uzatish


  1. rasmdan ko'rinib turibdiki, signallarni har xil yo'nalishda bir-birisiga bog'liq bo'lmagan holda uzatish uchun, AQ (ajratuvchi qurilma)larni 3-2 yo'nalishidagi so'nishi cheksiz katta bo'lishi lozim. TCh kanallar me'yorda ishlashi uchun, ularni quvvat va kuchlanish qiymatlarini yoki shu kanalning har xil nuqtalariga mos keluvchi satxlarini me'yorlashtirish lozim. Shunday qilib, TCh kanalning 2 simli kirishidagi nisbiy uzatish satxi (nolinchi nuqtaga nisbatan) 0 dBni, 4 simli kirishidagi nisbiy uzatish satxi esa -13 dBni, ularning chiqishidagi satxlar esa ikki, simlida -7 dBni, 4 simlida esa 4.3 dBni tashkil etadi. Signalning o'lchov chastotasi 800 Gtsga teng. TCh kanalning ikki simli chiqishidagi uzatish


  2. satxi uning qoldiq so'nishi bilan aniqlanadi (oldingi bandlarda qarab chiqilgan). TCh kanalning ikki simli yakunlanishida qoldiq so'nish noldan katta bo'lishi lozim, bu teskari aloqa tufayli yuzaga kelgan mumkin bo'lgan buzilishlar va elektrik aks sado toklarining muvozanatlik sharti orqali aniqlanadi. Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda, TCh kanalning ikki simli yakunlanishida 800 Gtsli chastotadagi nominal qoldiq so'nish 7 dB bo'lishi lozim. Qoldiq so'nishning bu qiymatini, ikki tomonlama bog'langan TCh kanalning kirishiga va chiqishiga ulangan uzaytirgichlar ta'minlaydi.


Uzaytirgichlarning so'nishi:



auzayt.

=aqold./2 = 3,5 dB.




Bundan tashqari bu (tranzit deb ataluvchi uzaytirgichlar) differentsial qurilmaning muvozanatlik shartini engillashtiradi va bir nechta TCh kanallarni tranzit ulashda qoldiq so'nishni nominal qiymatga tengligini ta'minlaydi, chunki tranzit ulanishlar amalga oshiriladigan punktlarda bu uzaytirgichlar ulanmaydi.


TCh kanalning to'rt simli yakunlanishida qoldiq so'nishning nominal qiymati aqold=(-13 dB)-(4.3 dB)=-17.3 dB, ya'ni -17 dBga kuchaytirilgan. Bunda TCh kanalning yakunlanishida berk tizim hosil bo'lmaydi.



Download 223,88 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Download 223,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Signallarni ikki tomonlama uzatish

Download 223,88 Kb.