Ikki tomonlama kanal muvozanati




Download 223,88 Kb.
bet13/40
Sana13.05.2024
Hajmi223,88 Kb.
#228040
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
Telekommunikatsiya uzatish tizimlari-www.hozir.org

Ikki tomonlama kanal muvozanati

Ikki tomonlama kanallarni tashkil qilishda berk elektrik tizimlar yuzaga keladi. Bunday tizimlarni yuzaga kelishi, ajratuvchi qurilma (DQ)lar va yo'naltiruvchi filtrlar tufaylidir. Berk tizimlarning umumiy tuzilish sxemasi quyidagi 2.12-rasmda ko'rsatilgan. Ajratuvchi qurilmalarning o'zaro o'tuvchi so'nishlari tufayli bunday tizimlarda birorta uzatish yo'nalishi boshqasiga ta'sir qiladi.

S2

  1. rasm. Berk elektrik tizim


Bu yerda: Si va S2 -kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti;


a1 va a2 ikkita uzatish yo'nalishidagi ajratuvchi qurilma-larning o'zaro o'tuvchi so'nishi.
Natijada berk zanjir hosil bo'ladi va teskari aloqa toklari yuzaga keladi. Teskari aloqa (a-v-s-d-a) toklari tufayli tizim generatsiya holatiga keladi va axborotni uzatish mumkin bo'lmaydi. Berk tizimning muvozanatlik holatini sharti Naykvist kriteriyasi bo'yicha aniqlanadi. Kriteriyaga acoslangan holda, agar bir vaqtning o'zida 2 ta shart bajarilsa, tizim generatsiya holatida bo'ladi.
  1. amplitudalar sharti: ZS > Za;


  2. fazalar sharti: Z^ = 2лт.


Bu yerda: n=0,1,2... Berk tizimda fazalar nisbatini nazorat qilishning amaliy jixatdan iloji yo'q. Berk tizim muvozanat holatda bo'lishi uchun quyidagi tengsizlikka rioya qilish zarur:


Za >ZS .
Demak,
(a1+a2)>(S1+S2),
bo'lsa berk tizim muvozanat holatda bo'ladi
So'nishlar yig'indisi kuchayishlar yig'indisidan qancha kattaligini ko'rsatuvchi qiymatga muvozanatlik zaiirasi deyiladi va u quyidagicha aniqlanadi:
X=(a1+a2)-(S1+S2).
Ayrim hollarda X teskari aloqa xalqasi bo'yicha so'nish deb ham yuritiladi.
Tizim muvozanat holatga kelgunga qadar, kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsientini yana qanchaga oshirish mumkinligini ko'rsatuvchi qiymatga muvozanatlik deyiladi va u quyidagicha aniqlanadi:
& = ((a1+a2)/2)-((S1+S2)/2)=X/2.
Agar berk tizimda ajratuvchi qurilmalar sifatida teng yelkali DQ lar qo'llanilsa, unda
X=(a3-4+a4-3)-(S1+S2)
ga teng bo'ladi.
Ishchi rejimdagi telefon kanallarining minimal zaiira muvozanati 24 dBga, muvozatligi esa t = x = 12 dbga teng bo'ladi.
Teskari aloqa toklari tufayli kanallarning ikki simli qismida spetsifik shovqinlar deb ataluvchi amplituda-chastotaviy buzilishlar yuzaga keladi.
Teskari aloqa fazalarining o'zgarishiga bog'liq holda manfiy va musbat bo'lishi mumkin ya'ni kuchayish koeffitsienti oshishi yoki kamayishi mumkin.
Abonentlarning ikki tomonlama kanallarga ulanish nuqtalari mos kelmasligi tufayli elektrik aks sadolar yuzaga keladi. Bunday holda aks sadolarni
o'tkazmaydigan maxsus qurilmalar qo'llaniladi. Bunday qurilmalarni qo'llaganda aloqa sifati birmuncha pasayadi.



    1. Download 223,88 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Download 223,88 Kb.