255
davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu
nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. O’z-
o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar narxiga
bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi, boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish
haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga
teskari mutanosibdir.
5.
Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining
miqdori bilan; ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste’mol
narxlari darajasi bilan.
6.
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay
shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatning sifati va
ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. Ishbay ish haqi ishchining ishlab
chiqargan mahsulot miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish
haqidir. Mahsulot birligi uchun miqdori, tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish
me’yoriga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat
sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi.
7.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi
yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi
bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va
mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib
turiladi.
8.
Ko’pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishidagi
ishsizlikni ijtimoiy kafolatlash, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish
haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq muammolarni hal qilishda kasaba
uyushmalari asosiy rol o’ynaydi.
9.
Kasaba uyushmalari o’zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida
manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil etilishi
mumkin. Yopiq turdagi kasaba uyushmalari
ish haqi darajasini oshirish uchun ishchi
kuchi taklifini qisqartirishga harakat qilsalar, ochiq turdagi kasaba uyushmalari ish
haqi darajasi bo’yicha shartnoma tuzishda korxona ma’muriyatiga bevosita ta’sir
o’tkazishga harakat qiladilar.