264
Misolimizdagi uch xil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati
bir xil, ya’ni 10000 so’mni tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik A uchastkasida 20 tonna, B
va D uchastkalarda 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil
olinganligi tufayli ularda yetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha
bo’lib chiqadi.
Ya’ni, A uchastkasida har bir mahsulot birligining qiymati 500 so’m bo’lsa, B
uchastkasida 400 so’m, D uchastkasida esa 333 so’mni tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligi
mahsulotlari sifati yomon uchastkada yetishtirilgan mahsulot narxida sotiladi
(misolimizda 500 so’m). Natijada yomon yer uchastkasi (A) o’zining yakka ishlab
chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish imkoniga ega bo’ladi. O’rtacha (B) va
yaxshi (D) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000
so’m miqdorda qo’shimcha daromad olinadi.
Bu olingan qo’shimcha daromad yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq
bo’lgan differentsial renta I ni tashkil qiladi.