266
absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil
inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Agrar munosabatlarni tadqiq qilar ekanmiz, nima uchun qishloq xo’jalik
ishchilari yaratadigan qo’shimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari
o’rtasida qayta taqsimlanmaydi, nima uchun qishloq xo’jaligida olinadigan daromad
o’rtacha foydadan yuqori bo’ladi, bu hodisaning sababi nimada, degan savollar
tug’iladi.
Tarixan shunday bo’lib qolganki, ko’pgina mamlakatlarda, jumladan, bizning
mamlakatimizda ham qishloq xo’jaligidagi kapitalning uzviy tuzilishi sanoatdagidan
pastdir. Shuning uchun qishloq xo’jaligida yaratilgan tovarlarning bozor qiymati,
ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo’shimcha qiymat miqdori jamiyatda
shakllangan o’rtacha foydadan ortiq bo’ladi. Qishloq xo’jalik tovarlarining bozor narxi
bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o’rtasidagi bu tafovut absolyut renta manbai
bo’lib xizmat qiladi.
Renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi –