O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

13.5-jadval
O’zbekistonda zarar keltirib ishlayotgan va istiqbolsiz shirkat xo’jaliklari 
negizida tashkil etilgan fermer xo’jaliklari 
Yillar
Jami 
1999 2000 2001 2002 2003 
2004 
2005 
2006 
Tugatilgan 
shirkat 
xo’jaliklari soni 


52 
91 
177 
326 
445 
666 
1773 
Ular 
negizida 
tashkil etilgan 
fermer 
xo’jaliklari soni 
440 
479 
3031 3822 11383 15161 25023 74124 133463 
Manba: Salimov B.T., Abdug’aniev A., YUsupov M.S. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari / O’quv qo’llanma.– T.: TDIU, 
2007, 36-b.
69
Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil harakat qilish, хalqimiz uchun farovon turmush sharoiti 
yaratish – asosiy vazifamizdir. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2006 yilda mamlakatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor 
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2007 yil 13 fеvral.


274 
Shuningdek, mamlakatimizda fermer xo’jaliklarini moddiy-texnik ta’minlash va 
moliyalash bo’yicha ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirildi va muvaffaqiyatli 
faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash uchun har yili katta 
miqdorda moddiy resurs va mablag’lar ajratilmoqda. Agar 2008 yilning o’zida qishloq 
xo’jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini etishtirish uchun 1 trillion so’m mablag’ 
avans tariqasida berilgan bo’lsa, 2009 yilda bu ko’rsatkichni 1 trillion 200 milliard 
so’mga yetkazish ko’zda tutilmoqda. 2008 yilda qishloq xo’jalik texnikasini lizing 
asosida sotib olish Fondi hisobidan 43 milliard so’mdan ziyod mablag’ ajratilgan 
bo’lsa, 2009 yilda 58 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirish rejalashtirilmoqda.
«Shu bilan birga, - deb ta’kidlaydilar Prezidentimiz, - o’tgan davr mobaynida 
orttirgan tajribamiz fermerlikni yanada rivojlantirish uchun bir qator juda muhim 
muammolarni, xususan, fermer xo’jaliklarining barqarorligi, eng muhimi, ularning 
samaradorligini oshirish bilan bog’liq masalalarni hal qilishni qat’iy talab etmoqda. 
Faoliyat yuritayotgan aksariyat fermer xo’jaliklarining ish tajribasi shundan dalolat 
beradiki, fermer xo’jaliklarini shakllantirishning dastlabki bosqichida ularga ajratib 
berilgan er maydonlarining kamligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining 
o’sishiga ko’p jihatdan to’sqinlik qilmoqda. Imkoniyati, kuch-quvvati kam bo’lgan 
fermer xo’jaliklari o’zini zarur texnika, aylanma mablag’ bilan ta’minlash, kredit 
qobiliyatiga ega bo’lish, eng asosiysi, o’z xarajatlarini qoplash va foyda ko’rib ishlash, 
daromadni oshirishning ishonchli asosiga aylanolmasligini bugun hayotning o’zi 
ko’rsatmoqda»
70

Fermer xo’jaliklariga ajratilayotgan kichik hajmdagi yerlarda samarali xo’jalik 
yuritib bo’lmasligi to’g’risidagi fikrlarni bu borada olib borilgan ba’zi ilmiy tadqiqot 
natijalari ham yaqqol tasdiqlaydi. Jumladan, B.Xolmatovning ta’kidlashicha, «fermer 
xo’jaliklari o’rtasida o’tkazilgan ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, so’ralganlarning 
aksariyat qismi tejamkorlikka to’sqinlik qiluvchi sabablardan biri sifatida ajratilgan 
yer maydonlari hajmining samarali xo’jalik yuritish uchun yetarli darajada emasligini 
ko’rsatganlar. Farg’ona viloyatidagi bitta fermer xo’jaligiga to’g’ri keluvchi o’rtacha 
yer maydoni 16,2 gektarni tashkil etmoqda. Natijada kichik hajmdagi yer 
maydonlariga ega bo’lgan fermer xo’jaliklari faoliyati ishlab chiqarish samaradorligi 
va tejamkorlik tamoyillariga zid kelmoqda. Jumladan: 
- yirik hajmdagi yer maydonlariga mo’ljallangan texnika vositalaridan 
foydalanishdagi muammolar; 
- doimiy ishchilardan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi;
- ba’zi bir resurs va xizmat turlaridan qonuniy va to’liq asosda foydalanishdan 
manfaatdor bo’lmaslik; 
70
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – 
T.: O’zbеkiston, 2009, 22-23-b. 


275 
- to’laqonli faoliyat yuritishga qiziqishning sustligi, tezroq foyda olishga 
intilishga moyillikning paydo bo’lishi va boshqalar.
So’rovda ishtirok etgan aksariyat fermer xo’jaligi rahbarlarining fikricha, tijorat 
banklaridan kredit yoki asosiy vositalarni lizingga olish uchun xo’jaliklar kamida 40-
50 gektar yer maydoniga ega bo’lish lozim»
71

Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda er maydonlarini to’liq 
inventarizatsiyadan o’tkazish va fermer xo’jaliklari faoliyatini tanqidiy baholash 
asosida ularning er maydonlarini optimallashtirish bo’yicha keng ko’lamli, shu bilan 
birga, puxta o’ylangan ishlar amalga oshirildi. Bunda fermer xo’jaliklarining qaysi 
sohaga ixtisoslashgani va mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligi alohida 
e’tiborga olindi. Ana shu ishlar natijasida fermer xo’jaliklari uchun ajratilgan er 
maydonlari bugungi kunda paxtachilik va g’allachilikda o’rtacha 37 gektardan 93,7 
gektargacha ko’paydi yoki 2,5 barobardan ziyod oshdi. Bu ko’rsatkich 
sabzavotchilikda – 10 gektardan 24,7 gektargacha yoki 2,5 barobar, chorvachilikda esa 
154 gektardan 164,5 gektargacha ko’paydi
72

2008 yilda asosiy e’tibor barcha toifa xo’jaliklarida chorva mol bosh soni va 
uning mahsuldorligini oshirishga qaratildi. Natijada jami qoramollar soni 8024,8 ming 
boshga yetib, shundan sigirlar soni 3327,0 ming boshni, qo’y va echkilar 13559,4 
ming boshni, parrandalar 29498,4 ming boshni tashkil etdi. Tirik vaznda 1287,9 ming 
tonna (106,5%) go’sht, 5426,3 ming tonna (106,4%) sut, 2429,0 mln dona (109,7%) 
tuxum, 23779,0 tonna (106,2%) jun va 896,8 ming dona (114,9%) qorako’l teri ishlab 
chiqarildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi PQ-308-son 
qaroriga muvofiq shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga qoramol sotib olish 
maqsadida 22,4 ming nafar fuqaroga 40,0 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli kreditlar 
ajratildi. 
Mavjud chorva mollari naslini yaxshilash maqsadida chet ellardan 39,3 mlrd. 
so’mga jami 6501 bosh naslli mollar keltirildi, bunda bir bosh naslli molning o’rtacha 
narxi 3,7 mln. so’mga (2007 yilda 3,6 mln. so’m) to’g’ri keldi.
2008 yilda amalga oshirilgan tashkiliy agrotexnik tadbirlar natijasida barcha 
toifdagi xo’jalik sub’ektlari tomonidan jami 9 mln. 791,1 ming tonna meva-sabzavot 
mahsulotlari, shundan 5217,4 ming tonna sabzavot, 1398,7 ming tonna kartoshka, 
981,2 ming tonna poliz, 1402,8 ming tonna meva va 791,0 ming tonna uzum ishlab 
chiqarildi. Biroq, bizda hali ushbu mahsulotlarni iste’molchiga yetkazib berish 
muammolari to’liq hal etilgani yo’q. Bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari, ayniqsa, pilla, jun, teri, paxta va boshqalarni yetishtirish va ulardan 
tayyor mahsulot ishlab chiqarish o’rtasida nomutanosiblik saqlanib qolmoqda. 
71
Хolmatov B.A. Tеjamkorlikning nazariy asoslari va amal qilish mехanizmi. – I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim 
etilgan diss. avtorеf. – T., 2008, 17-18-b.
72
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – 
T.: O’zbеkiston, 2009, 23-b. 


276 
Jumladan, paxta xomashyosining 34%, mevalarning 17%, sabzavotlarning 12%, poliz 
ekinlarining 7%, uzumning 25%, terining 28%, junning 17%, go’shtning 27%, sutning 
7% sanoatda qayta ishlanmoqda xolos. Shunga ko’ra, dasturda meva va sabzovotlarni 
qayta ishlash korxonalari uchun imtiyozlarni uzaytirish masalalari ham o’rin olgan. 
Respublikada agrar islohotlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida 
xo’jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga ham katta ahamiyat berildi. 
Bunga dastlab umumdavlat ehtiyojlari uchun yetkazib berilayotgan mahsulotlarga 
oqilona xarid narxlarini belgilash, keyinchalik mahsulotlarning ko’pchilik turlariga 
davlat buyurtmasini asta-sekin bekor qilish (1995 yildan faqat paxta va donga davlat 
buyurtmasi saqlanib qoldi) hamda qishloq xo’jalik korxonalarini qo’llab-quvvatlash 
(soliqlardan ozod qilish, kreditlarni qaytarish muddatini cho’zish va boshqalar) orqali 
erishildi. 
Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g’oyat muhim 
yo’nalish – qishloq xo’jaligida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchini bo’shatib olish va 
ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, xizmat ko’rsatish sohalariga) jalb 
etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda faoliyat shaklini tez o’zgartira oluvchi, 
zamonaviy texnologiyaga ega bo’lgan, qishloq xo’jalik xomashyosini qayta 
ishlaydigan, kasanachilik va xalq hunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni 
ochish ustuvor vazifa hisoblanadi. 
Qishloq joylarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish – 
agrar sohadagi islohotlarning hozirgi kundagi ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib, u 
2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning asosiy vazifasi sifatida belgilab 
berilgan. Ya’ni, qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini 
o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog’liq keng 
ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish 
infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik 
biznesning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, fermer 
xo’jaliklari rivojini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, «Qishloq taraqqiyoti va 
farovonligi yili» Davlat dasturi nafaqat 2009 yil, balki o’rta muddatli istiqbol uchun 
belgilab olingan. 
«
Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturidagi printsipial 
ahamiyatga ega bo’lgan asosiy yo’nalishlar quyidagilardan iborat: 
1) mazkur dastur ijrosi bilan bog’liq qonunchilik va normativ-huquqiy bazani 
yanada takomillashtirish va mustahkamlash, yangi qonunlar qabul qilish, tegishli 
qonun hujjatlariga, yer kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; 
2) qishloq aholi punktlarini me’moriy jihatdan loyihalashtirish va qurish ishlarini 
tashkil etish tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish; 
3)
 
qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni jadal rivojlantirish, meva-
sabzavot va chorva mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha zamonaviy texnika hamda 


277 
texnologiyalar bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish chora-tadbirlarini 
amalga oshirish; 
4) 2008-2012 yillarda sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash 
davlat dasturida ko’zda tutilgan chora-tadbirlar tizimini izchil amalga oshirish. 
«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi doirasida quyidagi 
tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan: 
- qishloq aholisining uy-joy sharoitini yaxshilash,
 
eng avvalo yakka tartibda uy-
joy qurish dasturini ishlab chiqish asosida qishloq joylarida 7100 ming kv.m uy-joy 
qurilishini amalga oshirish; 
- uy-joy qurilishi jarayonlarni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun 
imtiyozli kreditlar ajratish; 
- qishloq hududlarini suv bilan barqaror ta’minlash bo’yicha 1836 km yangi suv 
tizimini qurish, 304 ta ob’ektni rekonstruktsiya qilish, bu boradagi 2010-2015 yillarga 
mo’ljallangan dasturni ishlab chiqish; 
- uzunligi qariyb 700 kilometrlik tabiiy gaz tarmoqlarini ishga tushirish, chekka 
tumanlarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash; 
- qishloq joylarda 67 ta yangi avtomobil marshrutini yo’lga qo’yish va 1913,9 km 
mahalliy yo’llarni ta’mirlash; 
- qishloqda xizmatlar sohasida 140 ming yangi ish joylari tashkil etish, 452 ta 
savdo magazinlari, 1856 ta maishiy xizmat korxonalari, 500 dan ortiq minibanklar 
tashkil etish, qishloq aholi yashayotgan joylarda telefon va aloqa tizimini tubdan 
yaxshilash, sport va turizmni rivojlantirish 
- qishloq joylarida 77 ta yangi qurilish materiallari firma magazinlarini tashkil 
qilish va boshqalar. 
YUqorida tilga olingan agrar islohotlarni amalga oshirish va uni yanada 
chuqurlashtirishning barcha yo’nalishlari respublikaning xususiyatlari va bozor 
iqtisodiyotiga o’tish talablaridan kelib chiqadi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish