|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 279/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIikkinchi soha
– qishloq xo’jaligining
o’zi;
uchinchi soha
– qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni
ta’minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish);
to’rtinchi soha
– odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan
infratuzilma (yo’l-transport xo’jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni
saqlash tizimi, ombor va tara xo’jaligi)dan iborat.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan
tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini
ta’minlaydigan sohalarni (uy-joy, madaniy-maishiy xizmat, savdo, umumiy
ovqatlanish va hokazo) o’z ichiga oladi.
Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi.
Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u
bilan bog’liq bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu
qishloq xo’jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmati ko’rsatish, uning mahsulotlarini
qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik
faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida
vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi.
Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq
xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda
ko’rishdan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’g’ini
fermer va dehqon
xo’jaliklaridir
. Chunki ular bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Bu xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va
ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda
yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan
iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishning yuqori
samaradorligini ta’minlaydi. Fermer xo’jaliklari mustaqil tuzilma bo’lish sababli o’z
faoliyatini bozor kon’yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va
pirovard natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi.
Bularning hammasi fermer xo’jaligining yashovchanligini ta’minlaydi.
269
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir.
|
| |