O’zbekistonda agrar islohotlarning negizini yerga bo’lgan mulkchilik




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

O’zbekistonda agrar islohotlarning negizini yerga bo’lgan mulkchilik 
masalasi tashkil etadi.
Respublika Konstitutsiyasida yer xususiy mulk qilib sotilishi 
mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi 
ta’kidlangan. 
Shunday ekan, qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga yerni meros qilib 
qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo’yish orqali erishish 
ko’zda tutilgan. 
Respublikada yerga bo’lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa 
xususiyati shundan iboratki, melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini 
oshirish dasturlarini bajarishni davlat o’z zimmasiga oladi.
Mamlakatimizda barcha haydaladigan yerlarning 3/4 qismidan ko’prog’i (4,2 
mln.ga) sug’oriladigan yerlar bo’lib, uning yarmidan ko’prog’i yaxshi meliorativ 


271 
holatda, qolgan yerlar esa melioratsiya ishlari (qayta o’zlashtirish, kollektor-drenaj 
tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish)ni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda 
sug’orib kelingan har gektar yerni qayta o’zlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-
15 baravar ko’p xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer 
irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o’zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat 
davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruktsiyalashga, qurishga va irrigatsiya 
tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir. 
Sug’oriladigan yerlarning sifatini baholashning umumiy ko’rsatkichi bo’lgan yer 
boniteti so’nggi yillarda 55 ballgacha pasaydi. Ayniqsa, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi va Xorazm, Buxoro va Sirdaryo, Farg’ona va Toshkent hamda boshqa 
bir qator viloyatlarda ahvol murakkabligicha qolmoqda. 
Bugungi kunda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish 
qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish va uning samaradorligini yuksaltirishning 
muhim rezervi va hal qiluvchi omili, eng asosiysi – qishloq aholisining moddiy 
farovonligini ko’tarishning zarur sharti va garovi bulib xizmat qiladi. 
Biz mazkur muammoni hal etishni, ko’p jihatdan 2008-2012 yillarga 
mo’ljallangan sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan 
davlat dasturini amalga oshirish bilan bog’liq holda ko’ramiz. Ushbu dasturda 
melioratsiya inshootlarini barpo etish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash, 
melioratsiya texnikasi parkini yangilash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni bajarish 
belgilangan. 
2008-2012 yillarda umumiy uzunligi 3,5 ming kilometrdan ziyod bo’lgan 
magistral, tumanlararo va xo’jaliklararo kollektorlarni, mingdan ortiq melioratsiya 
qudug’ini barpo etish va rekonstruktsiya qilish, 7,6 ming kilometrlik drenaj tarmog’ini 
qayta tiklash vazifasi qo’yilmoqda. 
Birgina 2008 yilning o’zida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadlari 
uchun 75 milliard so’mdan ortiq mablag’ ajratish mo’ljallanmoqda. Bu mablag’larning 
katta qismi kollektor-drenaj tarmoqlarini qayta tiklash va tozalash, pudratchi va suv 
xo’jaligi tashkilotlarini lizing asosida zamonaviy texnika bilan ta’minlashga 
yo’naltiriladi. 
Bu borada melioratsiya ishlarini moliyalashtirish mexanizmini ham tubdan qayta 
ko’rib chiqish darkor. Bunda 2007 yili Moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan 
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi muhim rol 
o’ynashi lozim
66
.
Qishloq xo’jaligini isloh qilish jarayonida qo’llanilgan muhim yo’nalishlardan 
biri – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug’oriladigan yerlarni shaxsiy 
xo’jaliklar va bog’-dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo’li bilan aholini yer bilan 
ta’minlashdan iboratdir. Shu ko’rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq 
66
Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. O’zbеkiston 
Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 
yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi 
majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2008 yil 9 fеvral. 


272 
joylarda
 
ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga, ikkinchidan, 
aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi keskinlikka barham berishga va to’rtinchidan, 
yakka tartibda uy-joy qurilish ko’lamini ancha kengaytirishga muvaffaq bo’lindi. 
Islohotlar amalga oshirilgan dastlabki yillarda aholiga foydalanish uchun 
qo’shimcha 550 ming gektar sug’oriladigan yer ajratib berildi, shaxsiy tomorqa uchun 
berilgan yerning umumiy maydoni 700 ming gektarga yetdi. Natijada dehqon 
xo’jaliklarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 1992 yildagi 
33% dan 1998 yilda 60,3% ga, 2008 yilda esa 65,3% ga qadar ko’tarildi
67

Respublikada agrar islohotlarni amalga oshirishning navbatdagi yo’nalishi – bu 
qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir. Bunda 
xo’jaliklarga ekin maydonlari tarkibini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilash 
huquqi beriladi. 
Qishloq xo’jaligida paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining 
katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Natijada ozuqabop g’alla importiga qaramlik 
barham topib, tez orada g’alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991 yilda 4003 ming 
tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bo’lgan bo’lsak, 
mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 barvar 
qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobiga qondirishga erishildi. 
Don ishlab chiqarish 1990 yildagi 1899,0 ming tonna hajmdan 2007 yilda 6655,1 
ming tonnaga yetdi. 2008 yilda 6 million 330 ming tonna g’alla, shu jumladan, 6 
million 145 ming tonna bug’doy etishtirildi
68
.
O’zbekistonda agrar islohotlarni chuqurlashtirishning navbatdagi yo’nalishi barcha 
davlat va shirkat qishloq xo’jalik korxonalarini (birinchi navbatda zarar ko’rib 
ishlayotganlarini) fermer xo’jaliklariga aylantirishdan iborat bo’ldi. 
Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini 
tartibga solish O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi, 
«Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi, «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) 
to’g’risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga 
qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. 
Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti 
bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi. Shu bilan, birga bu 
xo’jalik uchun yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan 
kafolatlar yaratish yo’li bilan ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shunday 
qilib fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham 
tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Natijada Respublikada 2007 yil boshiga kelib 
fermer xo’jaliklari soni deyarli 185,5 mingtani tashkil qildi. Ularga biriktirilgan 
qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektarni tashkil qilib, 
bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga to’g’ri keldi.
67
O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 
68
Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 15-b. 


273 
Respublikamiz bo’yicha fermer xo’jaliklarining qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 
tarkibidagi ulushi 2001 yildagi 5,1% dan 2008 yilda 32,5% ga, ya’ni 6,4 baravar 
o’sgan. Agar 2000 yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer xo’jaliklari 
hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2006 yilda bu ko’rsatkich 86 foizdan oshib ketdi, 
boshoqli don ekinlar yetishtirish bo’yicha esa 2000 yilda 15 foizni tashkil etgan bo’lsa, 
2006 yilda 75 foizdan iborat bo’ldi. Bu esa Prezidentimizning o’z ma’ruzasida «Shuni 
mamnuniyat bilan qayd etish joizki, fermer xo’jaliklari amalda qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishining asosiy shakliga, uni barqaror rivojlantirishni ta’minlashda yetakchi 
harakatlantiruvchi kuchga aylandi»
69
, degan tugal xulosa chiqarish uchun asos bo’ldi.
Keyingi yillarda zarar keltirib ishlayotgan shirkat xo’jaliklarini bosqichma-
bosqich tugatib, fermer xo’jaliklariga aylantirish borasida yirik tadbirlar amalga 
oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan bir 
qator qarorlar, jumladan, 2003 yil 30 oktyabrdagi «2004-2006 yillarda fermer 
xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi 476-sonli va 2004 yil 24 dekabrdagi 607-sonli «2005-2007 yillarda 
fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorlar bilan 
istiqbolsiz shirkat xo’jaliklari bosqichma-bosqich tugatilib, bugungi kunda ular 
negizida fermer xo’jaliklari tashkil etish ishlari yakuniga yetkazilmoqda (13.5-jadval). 
2006 yilning o’zida 666 ta shirkat xo’jaligini qayta tashkil etish hisobidan 74 mingta 
fermer 
xo’jaligi tuzilib, ularning yarmidan ko’pi meva-sabzavotchilikka 
ixtisoslashgan. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonda agrar islohotlarning negizini yerga bo’lgan mulkchilik

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish