O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va 
ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. 
Renta munosabatlari – yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan 
qo’shimcha sof daromadni taqsimlash va o’zlashtirish bilan bog’liqlikda vujudga 
keladigan munosabatlar. 
Differentsial renta – yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi 
farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad. 
Differentsial renta I – yerlarning tabiiy unumdorligi farqlar natijasida vujudga 
keladigan qo’shimcha sof daromad. 
Differentsial renta II – yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga 
keladigan qo’shimcha sof daromad. 
Absolyut renta – qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik 
monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi – yaxshi, o’rtacha va yomon 
yerlardan olinadigan renta. 
Monopol renta – alohida tabiiy sharoitga ega bo’lgan, noyob qishloq xo’jalik 
mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta. 
Undirma sanoatda renta – foydali qazilma konlarining joylashishi (er yuzasiga 
nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi. 


279 
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, 
qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining 
birligi. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi – bevosita qishloq xo’jalik ishlab 
chiqarishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar. 
Ijtimoiy infratuzilma – odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy 
sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar. 
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va 
mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish 
aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. 
Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq 
sohalardagi namoyon bo’lish shakli. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish