|
Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning Pdf ko'rish
|
bet | 287/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Barchamizga ma’lumki, o’tmishda O’zbekiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq
iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo’lmas
edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo ishlab
chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish
asosiga qurilgan, yonilg’i, g’alla va boshqa ko’pgina ishlab chiqarish vositalari,
iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo’yicha markazga qaram bo’lgan iqtisodiyot
meros bo’lib qolgan edi.
1991 yil sentyabridan buyon o’tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni
qo’lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xomashyo
boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o’z xalqimiz va uning kelajagi
manfaatlari yo’lida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldik
Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga
kelishi, ko’plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg’i
va g’alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar,
modernizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o’sish sur’atlari milliy
mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyotining qator
infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug’urta, bojxona
tizimlari va boshqa qator funktsional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi.
Shunday qilib, O’zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan
yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o’z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy
iqtisodiyot shakllantirildi.
Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan
murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o’rtasidagi amalda tarkib
topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab
beradi.
|
| |