281
- milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish
jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko’rinishda quyidagi chizma
orqali tasvirlash mumkin (14.1-chizma).
14.1-chizma
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi
uchun barcha
tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi
talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar
ta’sir ko’rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig’imi va monopollashuv
darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki,
ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanganlik darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va
rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning yer
maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o’ta murakkab jarayon bo’lib,
u
uzoq muddatli, har tomonlama o’ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga asoslanadi.
Chunki, iqtisodiy rivojlanishda turli beqarorlik holatlari, inqirozlar ruy berib turadi.
Jumladan, 2008 yilda AQSHda boshlangan jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham milliy
iqtisodiyotimizga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Bunday ta’sir quyidagi holatlar orqali
namoyon bo’lmoqda:
birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlar (qimmatbaho va rangli
metallar, paxta, uran,
neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqalar)ning jahon
bozoridagi narxlarining keskin tushib ketishi natijasida eksportdan olinadigan daromad
hajmining pasayib ketishi;
ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning keskin
tushib ketishi oqibatida
mahsulot sotish hajmining qisqarishi;
uchinchidan, jahondagi investitsion faollikning pasayishi natijasida uzoq muddatli
investitsion loyihalarimizni amalga oshirish muddatlarining kechikishi va h.k.
Milliy iqtisodiyot
Iqtisodiy jihatdan nisbatan
mustaq
il bo’g’inlar
Korxonalar
Uy xo’jaliklari
Davlat (ko’plab xo’jalik
юrituvchi
birliklari bilan)
282
Milliy iqtisodiyotimizning barqaror va muvozanatli rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko’rsatishi mumkin bo’lgan ushbu holatlarni o’z vaqtida aniqlab, ularning oldini olish
va ta’sir oqibatlarini yumshatish bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar evaziga
iqtisodiyotimizning yuqori o’sish sur’atlari saqlab qolindi
73
.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi
bir qator ko’rsatkichlar
tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib,
tahlil qilinadi.