|
Va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
|
bet | 1/8 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #157363 |
Bog'liq Shohruh kurs ishi docx
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA
TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI
“Avtomatlashtirish va boshqaruv”
kafedrasi
АVTОMАTIK BОSHQАRISH
NАZАRIYASI
Fanidan
KURS ISHI
Navoiy – 2023
K I R I SH
Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan buyon barcha sohalarni rivojlantirish uchun juda ko’plab islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa ilm-fan va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga juda kata etibor qaratilmoqda.
Keyingi paytlarda mamlakatimizda yangi ilmiy-innovatsion tuzilmalar genomika va bioinformatika markazlari, xalqaro quyosh energiyasi instituti markazi, barcha viloyatlar markazlarida IT parklar faoliyati yo’lga qo’yildi .
Kurs ishining maqsadi «Avtomatik boshqarish nazariyasi» kursining nazariy qismlarini mustahkamlash, avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hisoblash usullarini egallash va shu sistemalarni elektron hisoblash mashinalarida (EHM) tekshirishni o‘rganishdan iboratdir.
Kurs ishining mazmuni chiziqli va nochiziqli avtomatik boshqarish sistemalarini EHM yordamida hisoblash va tekshirishdan iboratdir. Bunday sistemalar xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida texnologik jarayonlarni va obyektlarni boshqarishda keng qo‘llaniladi. ABSni tekshirishning samaradorligini oshirish uchun hisoblash ishlarida EHMni keng qo‘llash zarur.
Insoniyat atrofini o’rab turgan va xilma-xil imkoniyatlarga ega bo’lgan ob’ektiv borliq murakkab va shu bilan birga tayin narsa xamda hodisalardan iborat. Ularni o’rganish va bilish uchun tarkibiy qismlarga ajratish ya’ni analiz etish lozim. Lekin ushbu usul yordamida ularni to’la bilish mumkin emas, binobarin uni sintez bilan to’ldirish lozim. Analiz fikran yoki amalda narsa va xodisalarni tarkibiy bo’laklarga bo’lish, sintez esa mazkur bo’laklarni fikran yoki amalda bir butun qilib birlashtirib narsa va xodisani yaxlit xolda tadqiq etishdir.
|
| |