• Shaxsiy daromaddan soliqlar to’langandan keyin uy xo’jaliklarining to’liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.
  • Ishlab chiqarilgan milliy daromad




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet296/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Ishlab chiqarilgan milliy daromad
    – bu yangidan yaratilgan mahsulotning butun 
    hajmi. Foydalanilgan milliy daromad
    – bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan 
    har xil yo’qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada saqlashdagi 
    yo’qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig’i chiqarib tashlangan miqdorga teng. 
    Milliy daromadni barcha turdagi daromadlarni (amortizatsiya ajratmasi va 
    biznesga egri soliqlardan tashqari) qo’shib chiqish yo’li bilan ham aniqlash mumkin. 
    Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, korxona 
    foydasidan to’lanuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy 
    xo’jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi tomondan esa, uy xo’jaliklari oladigan 
    daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to’lovlar – ular mehnatining natijasi 
    hisoblanmaydi. 
    Shaxsiy daromad ko’rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo’jaliklari 
    qo’liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib 
    tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni 
    unga qo’shishimiz zarur: 
    daromad
    Shahsiy
    lovlar
    to
    Ijtimoiy
    foydasi
    g
    Êîrxonanin
    soliqlar
    foydasiga
    Êîrxonà
    àjratmasi
    urta
    sug
    Ijtimiy
    daromad
    Ìilliy





    '
    '
    Shaxsiy daromaddan soliqlar to’langandan keyin uy xo’jaliklarining to’liq 
    tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. 
    Soliqlar to’langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad 
    hisobidan to’lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo’li bilan hisoblanadi. 
    Soliqlar to’langandan keyingi daromad uy xo’jaliklari eng oxirida ega bo’ladigan 
    daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o’z tasarrufida by daromadlarning bir qismini 
    iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg’armaga yo’naltiradi. 
    Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir 
    ko’rsatadi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish