• Uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va
  • Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet299/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv. 
    Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib 
    olishga qilingan hamma sarflar qo’shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab 
    chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo’jalikning uchta sub’ekti – uy 
    xo’jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi 
    mumkin. 
    Uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, 
    xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va 
    boshqalarga qilinadigan sarflardir. 
    Investitsion sarflar
    – tadbirkorlik sektorining asosiy va aylanma kapital 
    tovarlarini (investitsion tovarlar) sotib olishga qiladigan sarflaridir.
    Investitsion 
    sarflar asosan uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, yskuna va 
    stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; d) zaxiralarning o’zgarishi. 
    Birinchi guruh elementlarning «Investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi 
    aniq: qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi, o’z-o’zidan aniqki, yangi 
    fabrika, ombor yoki elevator qurilishi Investitsiyalar shakli hisoblanadi. YaIM 
    tarkibiga tovar zaxiralarning ko’payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda 
    sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YaIM o’z ichiga yil 
    davomidagi zaxiralar va ehtiyotlar barcha o’sishining bozor qiymatini oladi. 
    Zaxiralarning by o’sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko’psatkichi sifatida 
    qo’shiladi. 
    Zahiralar kamayganda, bu kamayish YaIM hajmidan chiqarilishi zarur. 
    Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan 
    ko’proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda 
    ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo’shimcha oldingi yillardan qolgan 
    zaxiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo’ladi. 
    Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki 
    Investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish