O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

amortizatsiya fondi
hisobida to’planib 
boradi.
Egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi va shu sababli 
mahsulot narxiga qo’shiladi. Bunday soliqlar aktsiz to’lovlari, sotishdan olinadigan 
soliqlar, mulk solig’i, litsenziya va bojxona to’lovlarini o’z ichiga olib, davlat 
budjetida daromad sifatida namoyon bo’ladi. 
Daromadlarning eng muhim tyri bo’lgan ish haqi tadbirkorlar va davlat 
tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to’lanadi. U ish haqiga ko’plab 
qo’shimchalar, ijtimoiy sug’urta to’lovlari va nafaqa ta’minotining har xil xususiy 
fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa turli mukofot hamda imtiyozlarlarni o’z ichiga 
oladi. Ish haqi va unga qo’shimchalar ham ishchi kuchini taklif qiluvchilar uchun 
daromadning bir qismi sifatida namoyon bo’ladi va shu sababli aholi daromadlarining 
muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. 
Renta to’lovlari iqtisodiyotni resurslar (kapital, yer) bilan ta’minlovchi uy 
xo’jaliklarining oladigan daromadi hisoblanib, korxona xarajatlari tarkibiga kiradi 
(yer davlat mulki bo’lsa renta davlat ixtiyoriga, budjetga borib tushadi va budjet 
daromadi hisoblanadi). 
Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi to’lovlaridan iborat. Bunda davlat 
tomonidan amalga oshiriladigan foizli to’lovlar, foizli daromadlar tarkibidan 
chiqariladi. 
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo’linadi: bir qismi mulkiy daromad 
va boshqa qismi esa korporatsiyalar foydasi deyiladi. 
 
Xulosalar: 
 
1.
Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan 
murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va 
sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, 
ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. 


292 
2.
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va 
nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi 
iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy ishlab 
chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. 
3.
Ko’pgina mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho 
berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi
tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. 
4.
Butun milliy iqtisodiyotining holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof 
milliy mahsulot (SMM), milliy daromad(MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, 
inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. 
5.
Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy mahsulot tarkibiga faqat tovar 
shaklida bo’lib, bozor narxi mavjud bo’lgan yoki, hech bo’lmaganda, ularni yaratish 
uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar miqdori bo’yicha baholash mumkin bo’lgan 
mahsulot va xizmatlar kiritilishi mumkin. 
6.
YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko’p marta 
hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan 
qo’shilgan qiymatlar yig’indisi olinadi. Qo’shilgan qiymat – bu korxona tomonidan 
ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan va 
iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin 
qolgan qismining bozor qiymati. 
7.
Milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot 
(YaIM) ko’rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy 
ko’rsatkich bo’lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan 
holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor 
narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. 
8.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad 
va xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi 
umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) 
summasini aks ettiradi. Xarajatlar to’rtta guruhdan iborat bo’ladi: iste’mol, 
investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning 
me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. 
9.
YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: 1) qo’shilgan qiymatlar 
bo’yicha yondashuv; 2) sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv; 3) daromadlar bo’yicha 
yondashuv. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish