294
9.
Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so’mga, narx indeksi 1,5 ga
teng bo’lsa, real YaIM hajmi qancha bo’ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo’lsa-
chi?
10.
Sof iqtisodiy farovonlik ko’rsatkichining mohiyati
hamda hisoblash tartibini
tushuntirib bering.
15-mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif….
1.Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar
2.Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar…..
3.Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi…
Mazkur darslikning 7-mavzuida talab va taklif tushunchalari, ularning miqdoriga
ta’sir etuvchi omillar,
shuningdek, talab va taklif qonunlari hamda ular o’rtasidagi
muvozanatlik masalalari bayon etilgan edi. Lekin unda talaba va o’quvchilarning
tushunishini osonlashtirish maqsadida ushbu masalalar tovar va xizmatlarning alohida
olingan turlari bo’yicha ko’rib chiqilgan edi. Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni
makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayotgan jarayonda
mamlakat barcha fuqarolari,
tadbirkorlar, davlat va chet el iste’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari
bo’yicha talabi va taklifini o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda
muhim ahamiyatga egadir.
Shuning uchun bu mavzuda makroiqtisodiy
tahlil davom ettirilib, eng avvalo
yaxlit olingan ko’rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko’rsatkichlari bo’lgan
yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi.
Tahlil
davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida
narxlar
darajasining o’zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday
o’rnatilishini bayon etiladi.
1. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir
qiluvchi omillar
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda eng
avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur.