295
Iste’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o’z
ichiga oladi. Shuningdek, turli ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa,
korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turli-
tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport
vositalari, yonilg’i, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy
miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga
bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin (15.1-chizma).
15.1-chizma
Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga
bog’liqligi
Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan belgilash bizningcha unga bir
tomonlama yondashuv bo’ladi. Masalan, investitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi
o’zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, belgilangan pul miqdori o’zgarmagan
holda ikki barobar kam investitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo’ladi xolos.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar
ta’sirida o’zgarib turadi.
Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari
va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan,
akademik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot
nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi
sifatida ifodalanadi, ya’ni:
NX
G
I
C
Y
d
,
bu yerda:
Y
d
– yalpi talab;
C – uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari;
I – xususiy sektorning investitsiya sarflari;
G – davlat xaridi;
Yalpi talab miqdori
Ist
е’mol buюmlariga
Inv
еstitsiya tovarlari va ishchi kuchiga
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Qiymati (miqdor×narxi)
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Qiymati (miqdor
×narxi)
Ijtimoiy nafliligi (turlari,
sifati va miqdori)
jihatidan
Qiymat jihatidan
296
NX – sof eksport.
75
Professor V.Kamaev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot tarkibiy
qismlariga bo’lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo’lishini hamda uni
pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko’rinishda ifodalanishini
ta’kidlaydi:
P
V
M
AD
/
,
bu yerda:
AD – yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – narx darajasi
76
.
Bundan ko’rinadiki, V.Kamaevning fikricha yalpi talab pulning miqdori va narx
darajasiga bevosita bog’liqdir. Bu o’rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, miqdori va
sifatini e’tibordan chetda qoldiradi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, narx
darajasi qancha past bo’lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi)
ishlab chiqarilgan tovarlar real hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx
darajasi qancha yuqori bo’lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, boshqa
sharoitlar o’zgarmas deb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining oshishi
ishlab chiqarishning real hajmiga bo’lgan yalpi talab hajmining keskin kamayishiga,
ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay qolishiga sabab
bo’ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yalpi
talabning oshishiga, ya’ni tovarlarning yetishmasligiga olib keladi. Yalpi talabga
narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishi ham milliy ishlab chiqarish
hajmining o’zgarishiga olib keladi.
Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bu
teskari bog’liqlikni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (15.2-chizma).