• Iste’molchining kutishi.
  • Iste’mol sarflaridagi o’zgarishlar




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet308/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    1.
    Iste’mol sarflaridagi o’zgarishlar.
    Narx darajasining o’zgarishiga bog’liq 
    bo’lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta’sirida iste’molchilar 
    xaridi hajmida o’zgarish ro’y berishi mumkin. Bu iste’molchi farovonligi, 
    iste’molchining kutishi, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o’zgarishi natijasi 
    hisoblanadi. 
    Iste’molchining farovonligi uning moliyaviy aktivlarga (aktsiya va obligatsiya) 
    hamda uy va yer kabi ko’chmas mulklarga egaligiga bog’liq bo’ladi. Ular real 
    qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilish hajmining kamayishiga olib keladi. 
    Iste’mol sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha, moddiy va 
    moliyaviy boyliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida 
    iste’mol sarflari o’sadi. Bunga aktsiya kursining keskin oshishi, hatto narxlar darajasi 
    o’zgarmay qolganda iste’molchi farovonligining o’sishiga olib kelishini misol qilib 
    keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi narx umumiy 


    299 
    darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda iste’molchi farovonligining 
    pasayishiga olib keladi. 
    Iste’molchining kutishi.
    Iste’mol sarflari hajmidagi o’zgarish, iste’molchining 
    narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o’zgarishlarni oldindan bilishiga 
    bog’liq. Masalan, agar iste’molchi kelajakda o’zining real daromadi ko’payadi, deb 
    hisoblasa, u joriy daromadlarining ko’proq qismini sarflashga tayyor bo’ladi. Natijada 
    bu davrda iste’mol sarflari ko’payadi, jamg’arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. 
    Aksincha, agar iste’molchi kelajakda o’zining real daromadlari kamayadi deb 
    hisoblasa, ularning iste’mol sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday 
    tarzda inflyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki iste’molchilar 
    narxlar oshgunga qadar tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin 
    kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste’mol miqdorining kamayishiga 
    olib keladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish