|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 309/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIIste’molchi qarzlari.
Iste’molchi qarzlari ko’p bo’lganda, u joriy daromadini
qarzlarga to’lab, o’zining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin. Aksincha,
iste’molchi qarzdor bo’lmasa, u bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor bo’ladi.
Soliq.
Daromad solig’i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida
iste’mol sarflarini ko’paytiradi, soliqlarning oshishi iste’mol sarflarini kamaytiradi.
2. Investitsion sarflar.
Investitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini
xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning
mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab chiqarish
vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan
investitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning ko’payishiga olib keladi.
Investitsion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan narxdan tashqari omillarni alohida-
alohida qarab chiqamiz.
Foiz stavkalari.
Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining
oshishi, investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib
keladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz
stavkalarining o’zgarishi haqida boradi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini
pasaytiradi va shu orqali kapital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul
massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va investitsiyalarning qisqarishiga
olib keladi.
Investitsiyalardan kutiladigan foyda.
Kapital qo’yilmalardan yuqori foyda
olishning kutilishi investitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda
investitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo’lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish
tamoyiliga ega bo’ladi, demak, yalpi talab ham kamayadi.
Soliqlar.
Korxonadan olinadigan soliqlarning ko’payishi kapital qo’yilmalardan
olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investitsion sarflar va yalpi talabning
qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va
investitsion sarflarni ko’paytiradi.
Texnologiya. Yangi va takomillashgan texnologiya investitsion sarflarni va shu
orqali yalpi talabni rag’batlantirish tamoyiliga ega bo’ladi.
|
| |